Yozda qanday bosonojkalar urfda bo‘ladi?

Yozdagi jaziramada yengil, qulay liboslar, oyoq kiyimlarga bo‘lgan talab ortadi. Ayniqsa, bosonojkalar issiq kunlar uchun ayni muddao. 2029-yil yozida qanday bosonojkalar urfga kiradi? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Platformali bosonojka

Foto: Yapokupayu.ru

Ushbu oyoq kiyimning o‘ziga xosligi shundaki, uni kiygan ayollar bo‘yi baland ko‘rinish bilan birga, yurishga va harakatlanishga qiynalmaydi.

Bog‘ichli bosonojka

Foto: Yapokupayu.ru

2020-yil yoz faslidagi poyabzallar orasida bog‘ichli bosonojkalar yetakchilik qiladi. Lekin ushbu oyoq kiyim bog‘ichini boldirgacha tarang qilib bog‘lab olish tavsiya qilinmaydi. Mazkur model dam olish va sayrlar uchun ayni muddao.

Tanketli bosonojka

Foto: Yapokupayu.ru

Tanketli bosonojkaning platformalidan farqi poshnasi balandroq va oyoqlarni uzun ko‘rsatishida. Bunday model baland poshna kiyishni istagan, lekin sog‘lig‘i sabab kiya olmaydiganlar uchun yaxshi variant.

Tasmali bosonojka

Foto: Yapokupayu.ru

Ushbu model romantik obraz yaratishni istovchilar ko‘nglidan joy olishi aniq.Tasmali bosonojka ayollarni yanada nazokatli, oyoqlarni ingichka qilib ko‘rsatadi.

Klassik uslubdagi bosonojka

Foto: Yapokupayu.ru

Tug‘ilgan kun, bayramlar va muhim tadbirlar uchun klassik uslubdagi bosonojka va minimal bichimli ko‘ylak kiyish tavsiya qilinadi.

Manba: daryo.uz

Leave a Reply