30-noyabr, 2020-yil

Ushbu filmda poygalarga ishtirok etish jonu-dili bo‘lgan juda aqlli avtomexanik Tobi Marshall hayoti haqida hikoya qilinadi. Yigit oilaviy ustaxonasini saqlab qolish uchun navbatdagi poygada boy, lekin o‘ta mijg‘ov sobiq poygachi Dino Bryusterni sherik qilib olishga majbur. Tobining ishlari endi yurisha boshlagan payt esa Dino uni chuv tushiradi va buning oqibatida u qamoqqa tushadi. Ikki yildan so‘ng esa ozodlikka chiqqan yigit qasos olishga kirishadi… “Tezlik ishtiyoqi” – dushanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi. Har kuni soat 21:20 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

O‘z kasbini chin dildan sevuvchi va boshqa narsalarni o‘ylashga hatto vaqti topa olmaydigan reklama agenti Nelson Mossning hayotiga latofatli va erkaklar ko‘ngliga yo‘l topishni xush ko‘radigan Sara Diver kirib keladi-yu, qahramonimizning hayotiga rangli sahifalar ochiladi… “Farahli noyabr” – dushanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish