Yakshanba

Aman Mathur qaysar va oʻta jiddiy qiz – Neyna hayotiga kirib keldiyu, shu paytga qadar hayotni zerikarli deb hisoblagan kichik Kapur xonim quvonch va baxt nima ekanligini his qila boshladi. Lekin Amanning bir siri bor va aynan shu sabab boshlanishga ulgurmagan sevgi qissasi yakun topishi mumkin… Neynaning doʻsti Rohitning ham bu sevgi uchburchagida oʻz oʻrni bor. Har bir daqiqani qadrlashni oʻrgatuvchi betakror hind filmi: “O‘tkinchi dunyo” – yakshanba kuni soat 13:40 butun oila bilan birga koʻramiz!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi. Har kuni soat 21:20 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Mo‘g‘ul kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Burgut tutgan ovchi qiz” filmida go‘zal urf-udumlar va ularga chambarchas bog‘langan insonlar taqdiri ifodalangan… Yakshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida o‘tkazib yubormang!


Fikr bildirish