1-dekabr, 2020-yil

Filmda Sharqiy Yevropadan Nyu-Yorkka yo‘l olgan Viktor Navorski haqida hikoya qilinadi. Viktor samolyotda uchayotgan paytida uning yurtida davlat to‘ntarishi sodir bo‘ladi. Endi esa Jorj Kennedi nomli aeroportga kelib tushgan qahramonimiz toki urush tugamagunicha AQSh hududiga kirish huquqqiga ega emas va 67 chiqish yo‘lagi uning vaqtinchalik boshpanasi vazifasini o‘taydi… “Terminal” – seshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi. Har kuni soat 21:20 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Yosh va tajribasi kamroq bo‘lgan oshpaz mashhur va nacha-muncha davralarda tanilgan “yulduz” bosh oshpaz turmush tarzi va taom bo‘yicha qarashlarini o‘zgartirishga urinadi. Uning bu ishidan qanday natija chiqqanini esa filmni ko‘rib bilib olishingiz mumkin… “Shef” – seshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish