27-dekabr, 2020-yil

Bolalikdan birga o‘sgan Devdas va Paro juda inoq bo‘lishgan. Bir kuni esa ular ajralishadi – Devdas Londonga o‘qishga jo‘nab ketadi. Qaytib kelgach esa ko‘rkam yigit bo‘lgan yigit go‘zal Paroga oshiq bo‘ladi. Ammo ularning oilalari o‘rtasida katta farq bor deb qaror qilgan kattalar sabab, ular birga bo‘lisha olishmaydi. Devdasning qo‘rqoqligi uchun Parodagi muhabbat uchqunlari so‘nib bo‘ladi. Yigit boshqa qiz – Chahdramukhini ko‘z ostiga olib qo‘yadi. Ammo harchand urinmasin, maftunkor Paro uning xayolidan ketmaydi… “Devdas” – yakshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi… Har kuni soat 18:30 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ajoyib kinokomediya! Film markazida quvnoq va sodda yigit – Shurik! Ushbu kinoklassika uch qismni o‘z ichiga olgan novellalardan iborat. Birinchisida qahramonimiz bezori erkakning adabini bersa, ikkinchisida talaba Shurikning imtixonga tayyorlanishi ko‘rsatilgan. O‘g‘rilarning ketiga tushib, ularning dodini beruvchi qorovul hayoti esa uchinchi qismda namoyish etiladi. Oilaviy film: “«I» operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” – yakshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish