26-dekabr, 2020-yil

31-dekabr kuni har yilgi odatga ko‘ra, bir guruh do‘stlar barcha yomon narsalarni eski yilda “yuvib tashlash uchun” hammomga borishadi. Qahramonimizning sarguzashlari ham aynan shu voqeadan keyin boshlanadi. Qadrdon film namoyishi: “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling!” – shanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida o‘tkazib yubormang!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi… Har kuni soat 18:30 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Gamburgdagi fransuz restoranida bosh oshpaz bo‘lib ishlaydigan martaning hayoti uning opasi avtohalokatda uchraganidan so‘ng o‘zgaradi. Faqat ish haqida o‘ylaydigan ayol hayotida endi uning jiyani – 8 yoshli Lina paydo bo‘ladi. Shu bilan birga ishxonasida ham yangi oshpaz va Martaga raqobatchi bo‘lgan italiyalik Mario ham ish boshlaydi. Qizchaning tarbiyasi hamda ishxonadagi voqealar endi unga yanada mas’uliyat yuklaydi… “Beqiyos Marta” – shanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida o‘tkazib yubormang!


Fikr bildirish