Ummon tubidan dahshatli xavf odamlarga qo‘rquv solmoqda! Kaydzyu nomli mahluqlar butun insoniyatni Yer yuzidan qirib tashlamoqchi. Sayyoramiz taqdiri esa sobiq uchuvchi va oddiy zobitga bog‘liq. Rejissor Gilyermo Del Torrodan fantastik film: “Tinch okeani dahshatlari” – payshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qilamiz!

Jang san’ati maktabi asoschisi dargohdan ketib, uni o‘zining davomchisiga topshirmoqchi. Ammo uning shogirdi hozirda mavjud barcha maktablarni bitta qilib birlashrmoqchi. Buning uchun esa maktablar rahbarlari bilan yakkama-yakka jangda yutib chiqishi kerak. Deyarli hamma maktablarni birlashtirgan shogird o‘z ustozining maktabini ham qo‘lga kiritmoqchi. U bilan kurashga esa ustozning qizi chiqadi… “Buyuk ustoz” – payshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qilamiz!


Fikr bildirish