Film qahramoni Chak Noland – butun dunyoga mashhur “Federal Express” yetkazib berish kompaniyasi xodimi. Oʻz ishiga oʻta masʼuliyatli va fidoyi bu insonning hatto shaxsiy hayoti uchun ham vaqti ziq. Shuning uchun shu paytgacha oilali ham yoʻq. Ammo hayot unga oʻzgacha sinov tayyorlab qoʻygan. Noland uchayotgan samolyot falokatga uchraydi va okeanga qulaydi. Yagona tirik qolgan esa u boʻladi. Endi u kimsasiz orolda yashash uchun kurash olib boradi… “Odamlardan yiroqda” – chorshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

O‘ziga to‘q va anchagina boylik egasi bo‘lgan Filipp baxtsiz hodisa tufayli nogironlik aravachasiga mixlanib qoladi. Avariyadan keyingi hayotini ozgina bo‘lsa-da, yorqinroq va sarguzashtlarga boy qilish maqsadida esa o‘ziga mahalliy bir yigitni yordamchi qilib yollaydi. Qizig‘i, bu yigitcha endigina qamoqxonadan chiqqan bo‘ladi… “Qiyomatli do‘stlar” – chorshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish