Ushbu film 2003-yilda bosmadan chiqqan Maykl Lyuis asari asosida suratga olingan bo‘lib, unda Okland beysbol jamoasi va uning menedjeri Billi Bin haqida hikoya qilinadi. Billining maqsadi – moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan raqobatbardosh jamoani shakllantirish… “Barchasini o‘zgartirgan odam” – juma kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Parashutdan sakrash? Avtopoygani joyida ko‘rish? Piramidalarni tomosha qilish? Bularning barchasini kasalxonadagi tashxisni eshitgan ikki erkak albatta qilishga qaror qilishadi. Chunki hayotda hamma narsaga ulgurib qolish kerak! Ularning biri o‘ta jizzaki milliarder bo‘lsa, ikkinchisi zukko avtomexanik… “Toki hayot ekanmiz” – juma kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida o‘tkazib yubormang!


Fikr bildirish