Jon va Saraning baxtli turmushini hech nima buza olmasga o‘xshardi. Toki Jonning rafiqasini odam o‘ldirganlikda gumon qilib ayblamaganlarigacha. Endi Lara panjara ortida, qahramonimiz esa yolg‘iz o‘zi bolani tarbiyasiga mas’ul va turmush o‘rtog‘ining aybsiz ekanligini isbotlashga harakat qilmoqda. Qonuniy yo‘llar bilan buni amalga oshira olmasligiga ko‘zi yetgan Jon endi xotinini qutqarish uchun anchayin xavfli reja tuzmoqda… “So‘nggi uch yil” – juma kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida birgalikda ko‘ramiz!

Film XX asrning eng shov-shuvli voqeasi – “Uotergeyt”dagi asosiy bo‘g‘in haqida hikoya qiladi. Aynan shu sabab, AQSh prezidentlaridan biri Richard Nikson iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Undagi barcha ma’lumotlarni ochiqlagan shaxs FQB rahbarining o‘rinbosari Mark Felt o‘z oilasi, lavozimi va ozodligini qurbon qilgan… “Oq uyning qulashi” – juma kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida birgalikda ko‘ramiz!


Fikr bildirish