Mexikoning boy kishilarini qo‘rquv bosgan. Sababi, 6 kun ichida badavlat 24 odam g‘oyib bo‘lgan. Ulardan biri bo‘lgan tadbirkor Samuel Ramos MRB sobiq agentini qizinining xavfsizligi uchun yollaydi. Boshida yosh qizcha bilan uncha ham chiqishmagan yangi tansoqchi Jon Krizi keyinchalik u bilan do‘stlashib oladi. Ammo, kutilmaganda Pita Ramosni o‘g‘irlab ketishadi. Endi qo‘riqchi beshavqat jangga kirishadi… “G‘azab” – payshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu film o‘zlarining “asal oylari”da Grand-Kanyonda yo‘qolib qolgan juftlik haqida. Ular “Dara” dan birgalikda tirik chiqa olishadimi? Payshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish