Yaponiyalik tennischi ayol 1 yil davomida rekord miqdorda pul topdi

2016-yildan beri ilk marta Forbes sportchilar top-reytingiga ikki nafar ayol kirdi. Dunyoning eng ko‘p pul topadigan sportchilari ro‘yxati kelasi haftada e’lon qilinadi.

Jahonning sobiq birinchi raketkasi yaponiyalik Naomi Osaka bir yilda 37,4 mln dollar pul ishlab ayollar sportida rekor o‘rnatdi, deb xabar berdi Forbes.

Osaka 2019 yilda amerikalik Serena Uilyamsdan 1,4 mln dollar ko‘proq daromad topdi. Ular eng ko‘p daromad topadigan sportchilar reytingida mos ravishda 29- va 33-o‘rinlarda qayd etilgan.

2016 yildan beri ilk marta Forbes sportchilar top-reytingiga ikki nafar ayol kirdi. Dunyoning eng ko‘p pul topadigan sportchilari ro‘yxati kelasi haftada e’lon qilinadi.

Osaka Yaponiyada tug‘ilgan, uch yoshligidan buyon AQShda yashaydi. U Tokio Olimpiadasida Yaponiya nomidan qatnashishini e’lon qildi.

Osaka 2019 yil 28 yanvarda Osiyo vakillari ichida birinchi bo‘lib jahon tennis reytingida yetakchiga aylandi. U jami 25 hafta davomida jahonning birinchi raketkasi bo‘lib turdi. Tennischi hozirda WTA reytingida o‘ninchi o‘rinda turibdi.

Manba: kun.uz

Fikr bildirish