18-dekabr, 2020-yil

Abjir va o‘ta qiziquvchan Xyugo otasidan qolgan sirli mexanizmni ishlatishni o‘rganib olganidan so‘ng, u vaqtlar aro sayohat qilib, uni o‘rab turgan olamni odamlari bilan yaxshi tomonga o‘zgartiradi va o‘zning uyini topib oladi… “Vaqt hukmdori” – juma kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi… Har kuni soat 18:30 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Kasbi bo‘yicha arxitektor bo‘lgan Mayklning qo‘liga masofadan boshqariladigan pult tushib qoladi. Uning g‘aroyib jihati esa shunda-ki, o‘zingizning hayotingizdagi voqealarni o‘tkazib yuborish yoki to‘xtatib qo‘yish imkonini beradi. Lekin, har qanday texnika bir kuni buzilib qolishi ham mumkin. Endi bu pult qahramonimiz hayotini o‘zi bilganicha o‘tkazishni boshlaydi… “Hayot pulti” – juma kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish