17-dekabr, 2020-yil

Chxa Jon-u oddiy avtomexanik. Uning o‘zidan bor yo‘g‘i 17 yosh kichik o‘g‘li bor va shuning uchundir tez-tez janjallashib turishadi. Biroq, kunlarning birida Jon-u mijozini o‘ldirib ketishadi, gumon esa kechqurunlari taksi haydovchisi bo‘lib kun ko‘radigan otaga tushadi. Endi ota va o‘g‘il haqiqiy qotilni birga izlab topishlari kerak… “Qochoq” – payshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi… Har kuni soat 18:30 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Lord Robin Loksli uzoq vaqtdan so‘ng o‘zining ona shahri Nottingemga qaytib keladi va bu yer korrupsiya va jinoyatlar botqog‘iga aylanib qolganiga guvoh bo‘ladi. Shundan so‘ng u Shervudning quvnoq bosqinchilar to‘dasiga qo‘shiladi va kambag‘al xalqni og‘irini yengil qilishga kirishadi… Eski qissaning yangicha talqini: “Robin Gud. Muqaddima” – payshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish