6-dekabr, 2020-yil

Shaharga dahshatli ofat keladi. Ko‘pchilik og‘ir xastalik tufayli vafot etadi. Tirik qolganlar esa tezroq bu yerlardan chiqib ketishga harakat qiladi. Yosh ayolning oilasi ham uni yolg‘iz o‘zini katta va boy xonadonda tashlab ketadi. Uyga esa o‘g‘ri kiradi. Lekin ayolni o‘lim bilan kurashayotganini ko‘rib, uni oyoqqa turishiga yordam beradi. Tuzalgan ayol yaqinlarini kechirishni istamasdan bezori yigitga ko‘ngil qo‘yadi… “Gul va tosh” – yakshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi. Har kuni soat 21:20 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Amerikaning eng kichik qahramoni endi Nyu-Yorkda katta to‘polon uyushtiradi! Kevin MakKalister qaytdi! Endi u uyda yolg‘iz emas, balki eng zo‘r mehmonxonalarning birida bir o‘zi va puli ham juda ko‘p! Lekin, har doimgidek o‘yin-kulgu uzoqqa cho‘zilmaydi. Chunki, bolakay sharofati bilan qo‘lga tushgan o‘g‘rilar – Garri va Marvi qamoqdan qochishadi va aynan Kevin tushib qolgan shaharda paydo bo‘lishadi… “Uyda yolg‘iz 2” – yakshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida o‘tkazib yubormang!


Fikr bildirish