5-dekabr, 2020-yil

Film voqealari real hodisalar asosida suratga olingan bo‘lib, unda “sovuq urush” davrida AQSh MRB Jeyms Donovanga o‘sha paytlari uddalab bo‘lmas vazifani qo‘yadi. Mutaxassisligi advokat bo‘lgan bu odam dushman tomonda asirga tushib qolgan U2 razvedka samolyoti uchuvchisini qutqarishi kerak… “Ayg‘oqchilar ko‘prigi” – shanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida o‘tkazib yubormang!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi. Har kuni soat 21:20 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Amerikalik oila yangi yil arafasida Chikagodan Yevropa bo‘ylab sayohatga chiqishga qaror qilishadi. Ammo shoshilinchda uyda oilaning eng kichik a’zosi – Kevin unutib qoldiriladi. Bolakay ham hech o‘ksimaydi, chunki endi u xohlagan ishini qilishi mumkin. Hatto, uyini tunashga kelgan ikki jinoyatchini adabini berish ham qo‘lidan keladi. Ajoyib komediya: “Uyda yolg‘iz” – shanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida o‘tkazib yubormang!


Fikr bildirish