Dushanba

Ular Toki ova Rio-de-Janeyrodan boshlab Los-Anjeles-u Londongacha zabt etishdi. Ammo endi dunyo o‘zgardi, u bilan birga o‘yin qoidalari ham. Arabiston cho‘llari, ulkan binolar va juda-juda mashhur yovuz kimsa tezlikni sevuvchi bu jamoa qarshisidan chiqadi… “Forsaj 7” – dushanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi. Har kuni soat 21:20 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Sharl – juda ziqna va qurumsoq odam. Ammo uning turmush o‘rto‘gi to‘ylarining 15-yilligiga qilgan qimmatbaho sovg‘asi sabab, birdan vijdon azobi uni qiynaydi. Shundan so‘ng u ayoliga dala hovli sovg‘a qilishga qaror qiladi. Buning uchun qurilish kompaniyasiga murojaat qilib, pulni biroz tejab qolishga kelishadi. Ammo qalloblarga aldanib, o‘z kvartirasidan ham ajralib qoladi. Oqibatida rafiqasi tashlab ketadi. Ushbu voqealar uni chindanda boshqa odamga aylantiradi va u firibgarlardan o‘ch olib, oilasini yana qayta tiklashga bel bog‘laydi… “Uy mojarosi” – dushanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish