Payshanba

Sampo Simadzaki dunyodagi barcha eng baland cho‘qqilarni zabt etgan. Hozirda esa u qutqaruvchilar jamoasida ko‘ngilli sifatida tog‘da qiyin vaziyatda qolgan insonlarga yordam berib kelmoqda. Kumi Siina bu jamoaga yangi kelgan. Uning hayoti xavf ostida qolgan paytda aynan jasur Sampo yordamga oshiqadi… “Cho‘qqi qutqaruvchilari” – payshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi. Har kuni soat 21:20 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Zamonaviy dunyodan yiroqda Mo‘g‘uliston tog‘lari bag‘rida ko‘chmanchilar oilasi yashaydi. Ular qadimiy an’analarga ko‘ra, podachilik bilan shug‘ullanib kelishadi. Bir kuni oilaning kenja 6 yoshli qizi Nansaa aylanib yurib, g‘or ichidan kuchukcha topib oladi. Uni o‘zi bilan uyga olib keladi va Zohor deb ataydi. Kunlar o‘tib it yo‘qolib qoladi va uni qidirish uchun uydan chiqqan qizcha yo‘lda keksa kampirni uchratadi. Qariya esa unga ko‘hna afsonani so‘zlab beradi… “Sariq it g‘ori” – payshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Добавить комментарий