Dushanba

Filmdagi voqealar Parijda bo‘lib o‘tadi. Qalbaki san’at asarlari bilan shug‘ullanuvchi millionerning qizi va firibgar birgalikda o‘g‘ri qizning otasini fosh bo‘lib qolishdan asrab qolish uchun muzeydan “qimmatbaho” buyumni o‘marishlariga to‘g‘ri keladi… “Katta boylik izidan” – dushanba kuni soat 13:40 Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi. Har kuni soat 21:20 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Koulter ismli askar temiryo‘lda sodir bo‘lgan falokatda jon bergan erkak tanasida uyg‘onadi. Endi esa u har safar o‘sha inson nima sababdan o‘lgani va falokatga nima yoki kim aybdor ekanligini topmaguncha qayta-qayta mudhish kunni boshdan o‘tkazishga majbur… “Dastlabki kod” – dushanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Добавить комментарий