Noyob qobiliyatli odamlar va oddiy insonlar o‘rtasidagi ziddiyat tobora keskinlashgan paytda professor Ksavye shogirdlari o‘zlarining eng xavfli dushmanlari – Apokalipsis bilan to‘qnash kelishadi. Bu kurash nafaqat X-odamlar balki, butun insoniyat uchun so‘nggi jang bo‘lishi mumkin. Yengilmas va o‘lmas Apokalipsis ismli raqibni yengish choralarini izlash barobarida esa ular o‘z turlari haqida yangi ma’lumotga ega bo‘lishadi… “G‘aroyib odamlar. Hal qiluvchi onlar” – chorshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

O‘ziga to‘q va anchagina boylik egasi bo‘lgan Filipp baxtsiz hodisa tufayli nogironlik aravachasiga mixlanib qoladi. Avariyadan keyingi hayotini ozgina bo‘lsa-da, yorqinroq va sarguzashtlarga boy qilish maqsadida esa o‘ziga mahalliy bir yigitni yordamchi qilib yollaydi. Qizig‘i, bu yigitcha endigina qamoqxonadan chiqqan bo‘ladi… “Qiyomatli do‘stlar” – chorshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish