Ushbu filmda poygalarga ishtirok etish jonu-dili bo‘lgan juda aqlli avtomexanik Tobi Marshall hayoti haqida hikoya qilinadi. Yigit oilaviy ustaxonasini saqlab qolish uchun navbatdagi poygada boy, lekin o‘ta mijg‘ov sobiq poygachi Dino Bryusterni sherik qilib olishga majbur. Tobining ishlari endi yurisha boshlagan payt esa Dino uni chuv tushiradi va buning oqibatida u qamoqqa tushadi. Ikki yildan so‘ng esa ozodlikka chiqqan yigit qasos olishga kirishadi… “Tezlik ishtiyoqi” – dushanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Xalq og‘zaki ijodidan namunalar yig‘ish uchun tog‘li o‘lkalarning biriga tushib qolgan Shurik lobar, sportchi, a’lochi va latofatli Ninaga ko‘ngil qo‘yadi. Ammo, to‘satdan qizni majburan turmushga chiqarish uchun o‘g‘irlab ketishadi… Qadrdon film namoyishi: “Kavkaz asirasi” – dushanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida o‘tkazib yubormang!


Fikr bildirish