Rossiyada “zuluk-smartfon” taqdim etildi. Unga sizning qoningiz kerak (foto)

Rossiyalik dizayner Aristarx Chernishev kelajak smartfoni konseptini ishlab chiqdi. PIO (Personal Information Organism — shaxsiy informatsion organizm) smartfoni genetik o‘zgartirilgan zuluk va mobil gadjet gibrididan iborat. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurilma uni taqqan insonning organizmi holatini muntazam ravishda nazorat qiladi. PIO smart-soatlarga o‘xshab inson bilagiga mahkamlanadi, bunda qurilmaning o‘zi bilakka o‘rmalab chiqadi. Gadjet quvvatlantirilmaydi, foydalanuvchining qoni uning quvvat manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

“Inson o‘zi sezmagan holda ichak va terisidagi ko‘plab mikroorganizmlar simbiozida yashaydi. Ushbu mikroorganizmlar bizga ovqatni hazm qilish va terini himoya qilishga yordam beradi”, — deydi Chernishev.

Dizaynerning so‘zlariga ko‘ra, insonlar va boshqa organizmlar simbiozini, xususan, ular tomonidan yaratilgan mikroorganizmlarni yangi darajaga olib chiqish vaqti keldi.

Foto: Designboom

Foto: Designboom

Foto: Designboom

Foto: Designboom

Foto: Designboom

Manba: daryo.uz

Sanjar Nazarov

Sayt administratori

Fikr bildirish