Yuz terisining turli qismlarida husnbuzar paydo bo‘lishi sabablari
Husnbuzar va turli toshmalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va buning o‘ziga yarasha sabablari bo‘ladi. Yuz terisining turli qismlarida nima uchun husnbuzar paydo bo‘lishiga to‘xtalamiz.
Peshona
Yuzning peshona qismida husnbuzar paydo bo‘lishi ratsionda qizil go‘shtning ko‘pligi, to‘yingan yog‘ va spirtli ichimliklarning me’yordan ko‘p iste’mol qilinishi bilan bog‘liq. Peshonadagi husnbuzarlardan xalos bo‘lishni istasangiz ma’lum muddat bunday mahsulotlarni taomnomangizdan chiqarib, ko‘proq sabzavot yeyishga, suv va ko‘k choy ichishga harakat qiling.
Yanoqlar
Yuzning aynan ushbu qismida husnbuzar toshishi ko‘plab kuzatiladi. Bunga siz foydalanadigan kosmetik vositalar, ularning sifati yaxshi emasligi, teringizga to‘g‘ri kelmagani sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, go‘sht, shakar, sutli mahsulotlar ham husnbuzarlarni keltirib chiqaradi.
Pastki jag‘
Yuz terisining pastki jag‘ qismiga toshgan husnbuzarlar hazm qilish bilan bog‘liq bo‘ladi ayniqsa, fast fud yoki kremli shirinlik tanovulidan keyin husnbuzarlar ko‘payishi ko‘zga tashlanadi.
Iyak
Iyakda paydo bo‘ladigan husnbuzarlar ko‘zga tashlanmasligi, ularga befarq bo‘lish kerakligini bildirmaydi. Aynan ushbu qismdagi husnbuzarlar endokrin tizimi faoliyatidagi buzilishlarga ishora qiladi.
Manba: daryo.uz