Shvetsiyada ilk 5G tarmog‘i ishga tushirildi

Tele2 telekommunikatsiya kompaniyasi 24 may kuni Shvetsiyada yangi avloddagi mobil aloqa tarmog‘i 5G’ni birinchi bo‘lib ishga tushirdi.

Bu haqda kompaniya bayonotida ma’lum qilingan.

Tarmoqning birinchi antenna machtalari Stokholm, Geteborg va Malmyo shaharlarida o‘rnatilgan.

Yangi texnologiya axborotni 1 Gb/soniya tezlik bilan uzatishni ta’minlaydi, bu esa 4G tarmog‘idan deyarli 4 marta tezroqdir. Biroq ayni vaqtda mavjud telefonlardan aksariyati yangi mobil aloqaning barcha ustunliklaridan foydalanish imkoniga ega emas. Tele2’ning cheklanmagan internetdan foydalanuvchi mijozlari 5G tarmog‘iga avtomatik tarzda ulanadi.

Ta’kidlash joiz, Tele2 bu borada o‘zining raqobatchilari – Telia va Ericsson kompaniyalarini bir kunga ortda qoldirdi. Ushbu kompaniyalar 5G tarmoqlari 25 maydan ishga tushiriladi.

Bu orada Kirollik texnologiya universitetining radiotexnika bo‘yicha professori Yens Sanderning ta’kidlashicha, oddiy foydalanuvchi 5G tarmoqqa o‘tishda katta farqni sezmaydi. Yangi avloddagi tarmoq sanoat – umumiy tarmoqqa ulangan qurilmalar, haydovchisiz avtomobillar va kuchli tarmoqni talab qiluvchi boshqa jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, 5G tarmog‘i signal yetarlicha kuchli bo‘lmagan joylarda mobil aloqa bilan koplanganlik sifatini yaxshilay olmaydi.

5G tarmog‘i yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib, unda axborotni uzatishdagi rekord tezlik 25 Gb/soniyaga yetgan. Bunday tezlik 8K (Ultra HD) sifatdagi videoni real vaqt rejimida translatsiya qilish imkonini beradi.

Ta’kidlash joiz, 5G tarmog‘ini sinov rejimida ishga tushirgan ilk davlat aynan Shvetsiya hisoblanadi.

Manba: kun.uz

Sanjar Nazarov

Sayt administratori

Fikr bildirish