Badiiy akademiya huzurida yangi markaz tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar:

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 11 nafardan iborat tuzilmasi;

Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi nizomi tasdiqlanadi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

davlat oliy va professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;

iste’dodli yosh professional san’at namoyondalarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash;

o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirish;

Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining o‘quv-metodik bazasini shakllantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;

Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, pedagog va mutaxassis kadrlar hamda akademik ta’limni rivojlantirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassislarning malakasini oshirish, bunda ilg‘or xalqaro tajribadan keng foydalanish, professional bilimlarni va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali o‘qitish dasturlari va uslublarini joriy etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va xorijiy tillarni samarali o‘zlashtirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro tanlovlarda munosib qatnashadigan iqtidorli yosh professional san’at namoyondalarini tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va uslublarini joriy etish.

Manba: kun.uz