22-dekabr, 2020-yil

Muhabbat va jodu sarguzashtga boy filmda! Ushbu voqea sehrli Banshi qirolligida yuz beradi. Fantastika ixlosmandlari uchun ajoyib tuhfa. 1999-yilda suratga olingan badiiy asar: “Parilar saltanati” – seshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi… Har kuni soat 18:30 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Film Yaponiyada sodir bo‘lgan haqiqiy voqealar asosida suratga olingan. Kunlarning birida ishdan qaytayotgan kollej o‘qituvchisi vokzalda akita-inu turiga mansub kuchuk topib oladi. Vaqt o‘tib professor va Xatiko eng yaqin do‘stlardek bo‘lib qolishadi. It egasini har kuni vokzalgacha kuzatib, so‘ng yana kutib olardi. Professorning bevaqt o‘limi ham uni bu ishini to‘xtatishiga majbur qila olmaydi. Haqiqiy sadoqat namunasi: “Xatiko” – seshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish