20-dekabr, 2020-yil

Radjuning onasini otasi tashlab ketganidan buyon ular ko‘chada kun kechirishga majbur. Ulg‘ayib esa u otasidan buning uchun o‘ch olmoqchi bo‘ladi, ammo buni uddalay olmaydi. Endi u sodir etmoqchi bo‘lgan jinoyati uchun sud oldida javob berishi kerak… Hind filmi klassikasidan: “Daydi” – yakshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi… Har kuni soat 18:30 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Motosikl ishqibozi bo‘lgan Maylz tasodifan harbiylarning sirli ixtirosi – Aksel laqabli bahaybat robot-itni topib oladi. Sun’iy intellektli va shu bilan birga vafodor robot qisqa vaqt ichida yigitning chin do‘stiga aylanadi. Ammo shu orada harbiylar ham uni izlashga tushishadi… “Aksel” –yakshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish