14-dekabr, 2020-yil

Sayyoramiz global ekologik halokat yoqasida: Yerning yarmida qurg‘oqchilik tufayli barcha tirik organizmlar halok bo‘layotgan bo‘lsa, qolgan yarmida kuchli suv toshqini odamlarga xavf solmoqda. Tadqiqotchi ota esa shunday bir tahlikali vaziyatda falokat orasida qolgan o‘g‘lini qutqarish uchun yo‘lga chiqadi… “Ertadan keyin” – dushanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi… Har kuni soat 18:30 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

1987-yil. Bambli ta’qibdan qochib, Yer sayyorasiga tushib qoladi va shu zahoti harbiylar bilan to‘qnash keladi. Yerliklar va deseptikon bilan olishuvi natijasida u ovozli modulidan ajralib, xotirasi shikastlanadi. Shunga ham qaramasdan, yonida turgan Folsvagen mashinasini skanerlab, uning qiyofasini oladi. Oradan yillar o‘tib esa uni eski mashina sifatida Charli ismli qizga 18 yoshga kirgani munosabati bilan sovg‘a qilishadi… “Bamblbi” – dushanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish