10-dekabr, 2020-yil

AQSh harbiy dengiz flotiga qarashli bo‘lgan yadroviy quroli bor “Montana” suv osti kemasi faoolkatga uchraydi. Flot rahbariyati olim va tadqiqodchilardan yordam so‘raydi. Endi ular harbiy razvedkachilar hamrohligida suv tubiga tushib voqea sabablarini aniqlashlari va eng muhimi yadroviy torpedalarni zararsizlantirishlari kerak… “O‘pqon” – payshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi… Har kuni soat 21:20 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ixalaynenning uyida gugurt tugab qoladi va endi uning uyidagilari finlar juda ham xush ko‘ruvchi qahvani tayyorlay olishmaydi. Gugurt olib kelish uchun yo‘lga chiqqan oilaboshi o‘zining eski og‘aynisini uchratadi-yu, 20 yil oldin aroq ichishni tashlagan bu qahramonimiz yana ichkilikni iste’mol qilishga majbur bo‘ladi. Bundan keyingi voqealar esa o‘zgacha tus oladi… “Gugurtga ketib” – payshanba kuni soat 22:20 da tomosha qiling!


Fikr bildirish