3-dekabr, 2020-yil

10 yoshli Garrining hayotini unchalik yaxshi deb bo‘lmaydi. Ota-onasi vafotidan so‘ng xolasi va uning eri qaramog‘ida qolgandi. Ammo ular nuqul uni kamsitishar va siltab kelishadi. Kunlardan bir kuni bolaning tug‘ilgan kunida sirli mehmon xat olib keladi. Ushbu xatda esa Garri aslida afsungar ekanligi va u endi sehrgarlar maktabi – Hogvatsda o‘qishga taklif qilinganligi yozilgan bo‘ladi. Tez orada uni ajoyib va xatarli sarguzashtlar bilan birga sadoqatli do‘stlar jamoasi qarshi oladi… “Garri Potter va Hikmatlar toshi” – payshanba kuni soat 13:40 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Ushbu filmda Koreya tarixidagi ko‘hna Koguryo saltanatining afsonaviy asoschisi, mohir jangchi va dono lashkarboshi – Jumong hayoti haqida hikoya qilinadi. Har kuni soat 21:20 da “Jumong” serialini Buxoro telekanalida tomosha qiling!

Anjey va Jegosh Varshava konservatoriyasida tahsil oladigan ikki oʻrtoq. Jegosh pianinoni mahorat bilan chala olsa-da, unda tinglovchini rom eta olish qobiliyati yoʻq. Anjeyda esa bularning barchasi mujassam. Ularning har ikkalasining ham suyukli juftlari bor. Eva Jegoshning, Zosya esa Anjeyning sevgilisi. Musiqachilar xalqaro tanlovda qatnashishmoqda. Shunday paytda Eva tuzalib boʻlmas xastalikka duchor boʻlgani maʼlum boʻladi, ammo uning yigiti mashq jarayonini toʻxtatmasdan qizga eʼtibor bermaydi. Anjey doʻstining qiziga gʻamxoʻrlik qilishga qaror qiladi. Payti kelib esa unga koʻngil qoʻyadi… “Muhabbat ila…” – payshanba kuni soat 22:20 da Buxoro telekanalida tomosha qiling!


Fikr bildirish