{"id":193,"date":"2017-12-26T04:59:33","date_gmt":"2017-12-26T04:59:33","guid":{"rendered":"https:\/\/demo.themegrill.com\/colormag-dark\/?p=193"},"modified":"2020-05-26T16:13:57","modified_gmt":"2020-05-26T11:13:57","slug":"asr-muammosi-semizlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/post\/193\/","title":{"rendered":"Asr muammosi: semizlik va uning oqibatlari"},"content":{"rendered":"<p>Ortiqcha vazn yoki semizlik asosan rivojlangan davlatlarda jiddiy muammoga aylangan. AQShda 18 yoshdan katta aholining 56 foizi, Buyuk Britaniyada 52 foizi, Isroilda 50 foizdan ko\u2018proq qismida ortiqcha vazn borligi aytiladi.<\/p>\n<p>Semizlik bu \u2013 organizmda ortiqcha miqdorda yog\u2018 to\u2018planishidir. Jahon sog\u2018liqni saqlash tashkilotining 2016 yilda e&#8217;lon qilgan ma&#8217;lumotlariga ko\u2018ra, yer yuzida 18 yoshdan kattalar orasida 1,9 mlrd nafardan ko\u2018proq odam ortiqcha vazn bilan yashaydi&nbsp;<em>(hozirda bu sonning yanada ortganini bemalol taxmin qilish mumkin)<\/em>. Ulardan 650 mlndan ko\u2018prog\u2018ida semizlik bor.<\/p>\n<p>Ortiqcha vazn yoki semizlik asosan rivojlangan davlatlarda jiddiy muammoga aylangan. AQShda 18 yoshdan katta aholining 56 foizi, Buyuk Britaniyada 52 foizi, Isroilda 50 foizdan ko\u2018prog\u2018ida ortiqcha vazn borligi aytiladi. Hozir nafaqat rivojlangan davlatlarda, balki rivojlanayotgan davlatlarda ham (asosan shahar joylarida) ortiqcha vaznli odamlar soni ortib boryapti.<\/p>\n<p>Xususan, respublikamizda ham mazkur muammo sog\u2018liqni saqlash tizimida jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda. Semizlik, asosan uning abdominal (qorin sohasidagi) shakli ko\u2018plab kasalliklarning kelib chiqishida muhim rol o\u2018ynashi so\u2018nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o\u2018z isbotini topdi.<\/p>\n<p>Sohaga oid adabiyotlarda yozilishicha, 55 yoshdan kichik bo\u2018lgan 3-daraja semizligi bo\u2018lgan odamlarda 2-tur qandli diabet bilan kasallanish xavfi shu yoshdagi normal tana vaznida bo\u2018lgan odamlarga nisbatan erkaklarda 18, ayollarda 13 marta yuqori bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>55 yoshdan kichik yoshdagi ortiqcha tana vazni bo\u2018lganlarda qandli diabet xavfi, xuddi shu yoshdagi normal tana vaznlilarga nisbatan 3-4 baravar yuqori bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Gipertoniya kasalligi xavfi esa 55dan kichik yoshdagi normal tana vaznlilarga nisbatan ortiqcha tan vaznlilarda 1,6 marta, 1-daraja semizligi bor shaxslarda 2,5-3,2 marta, 2-3-daraja semizligi bor shaxslarda 4-5,5 marta yuqori bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Yurak ishemik kasalligi va bosh miyada qon aylanishi buzilishi (insult) chastotalari ikkala jinsda ham har qanday yoshda tana vazni indeksi ortishiga proporsional tarzda ortib boradi.<\/p>\n<p>Xolesistit bilan og\u2018rish xavfi TVI (tana vazni indeksi) ortib borishi barobarida normal tana vaznlilarga nisbatan erkaklarda 4-21, ayollarda 2,5-5,2 marta yuqori bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, tana vazni ortib borishi bilan osteoartrit, saratonning ayrim turlari, ayollarda menstrual siklning buzilishi, bepushtlik, tuxumdonlar polikistozi sindromi kabi kasalliklar bilan og\u2018rish xavfi ham ortib boradi.<\/p>\n<p>Ya&#8217;ni ortiqcha vazn yoki semizlik shunchaki kasallik emas, balki boshqa ko\u2018plab kasalliklarning sababchisidir.<\/p>\n<p>Savol tug\u2018iladi, semizlikning aynan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ko\u2018payishi sababi nimada?<\/p>\n<p><strong>Bu asosan kamharakat hayot tarzi, yuqori kaloriyali va yengil hazm bo\u2018luvchi oziq-ovqat mahsulotlarini surunkali tarzda va ortiqcha miqdorda iste&#8217;mol qilish bilan bog\u2018liq!<\/strong><\/p>\n<p>Bunda organizmda energiya balansi buziladi. Tez-tez va uzoq vaqt davomida qondagi qand miqdorining ko\u2018tarilishi, iste&#8217;mol qilinayotgan energiya sarf qilinayotgan energiyadan ko\u2018proq bo\u2018lib yurishi natijasida organizmda ortiqcha darajada yog\u2018 to\u2018qimasi shakllanib boradi.<\/p>\n<p>Agarda xalqimizning an&#8217;anaviy ovqatlanish tarzi, madaniyati o\u2018zgarmasa, biz yuqorida sanab o\u2018tilgan kasalliklar atrofida o\u2018ralashib yuraveramiz.&nbsp;<strong>Nimalarni o\u2018zgartirish kerak?<\/strong><\/p>\n<p><strong>1.<\/strong>&nbsp;Har kuni imkoniyatga qarab, kamida 3-5 km faol tarzda piyoda yurish zarur (qarshi ko\u2018rsatmalar bo\u2018lmasa, albatta). Shuncha masofaga yugurish yana ham yaxshi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>2.<\/strong>&nbsp;Glikemik indeksi (iste&#8217;mol qilinganidan keyin qondagi qand miqdorini oshirish darajasi) past bo\u2018lgan va ozuqaviy tolaga boy oziq-ovqat mahsulotlarini ko\u2018proq iste&#8217;mol qilish kerak.<\/p>\n<p><strong>3.<\/strong>&nbsp;Semizlikka olib keluvchi va biz ko\u2018p iste&#8217;mol qiladiganimiz yana bir zararli mahsulot bu shakar va shakar qo\u2018shilgan yeguliklardir. U iste&#8217;mol qilingandan keyin ovqat hazm qilish traktida tez singadi, tezda qonga so\u2018riladi hamda qondagi qand miqdorini tez va ko\u2018proq oshiradi. Biz shakar iste&#8217;molini keskin kamaytirib, uning o\u2018rniga ko\u2018proq steviya iste&#8217;mol qilishimiz kerak.<\/p>\n<p>Yuqoridagilarga qo\u2018shimcha qilib aytish mumkinki, ovqatlanish ratsionining asosini donli-dukkakli ekin mahsulotlari, meva-sabzavotlar, yog\u2018sizlantirilgan yoki yog\u2018i kamaytirilgan sut-qatiq, ko\u2018katlar, yong\u2018oq, pista, bodom, go\u2018sht, tovuq go\u2018shti, baliq kabi mahsulotlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p>Hayvon yog\u2018i mahsulotlari, o\u2018ta qovurilgan ovqatlar, energetik ichimliklar, ko\u2018p tuz qo\u2018shilgan oziq-ovqat maxsulotlarini doimiy tarzda iste&#8217;mol qilib yurish ham semizlik rivojlanishiga olib keladi va bu inson salomatligi uchun favqulodda xavflidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\"><strong>Murodjon Jo\u2018rayev, endokrinolog shifokor.<\/strong><\/p>\n<p><strong><br \/>\n<\/strong><strong><\/strong>Manba: <a href=\"https:\/\/kun.uz\/uz\/news\/2020\/05\/14\/asr-muammosi-semizlik-va-uning-oqibatlari\">kun.uz<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ortiqcha vazn yoki semizlik asosan rivojlangan davlatlarda jiddiy muammoga aylangan. AQShda 18 yoshdan katta aholining 56 foizi, Buyuk Britaniyada 52<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":532,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[38],"class_list":["post-193","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-health","tag-semizlik"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","en","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/193","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=193"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/193\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":536,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/193\/revisions\/536"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/532"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=193"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=193"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=193"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}