{"id":136,"date":"2017-12-25T05:48:17","date_gmt":"2017-12-25T05:48:17","guid":{"rendered":"https:\/\/demo.themegrill.com\/colormag-dark\/?p=136"},"modified":"2020-05-26T17:21:50","modified_gmt":"2020-05-26T12:21:50","slug":"jasurbek-yaxshiboyev-ruza-arveladze-bilan-tushunmovchilik-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/post\/136\/","title":{"rendered":"Jasurbek Yaxshiboyev ro\u2018za, Arveladze bilan tushunmovchilik va o\u2018zbekistonlik futbolchilarning belaruslardan ustunligi haqida"},"content":{"rendered":"<p>Belarusning \u00abEnergetik-BGU\u00bb klubi hujumchisi Jasurbek Yaxshiboyev klub saytiga katta intervyu berdi.<\/p>\n<p>22 yoshli futbolchi Belarus chempionatining dastlabki 8 turida 6ta gol urdi (3tasi penaltidan) va to\u2018purarlar bahsida peshqadamlar safida bormoqda. Hozircha u mavsumning kashfiyotlaridan biri bo\u2018lib turibdi. O\u2018tgan mavsumda autsayderlar safida borgan \u00abEnergetik-BGU\u00bb esa joriy chempionatda yuqori pog\u2018onalar uchun kurashmoqda. Qayd qilish joizki, jamoa tarkibida o\u2018zbekistonlik yana bir futbolchi Shohruh Umarov ham\u00a0<a href=\"https:\/\/energetikbgu.by\/2020\/05\/12\/%D0%B4%D0%B6%D0%B0%D1%81%D1%83%D1%80%D0%B1%D0%B5%D0%BA-%D1%8F%D1%85%D1%88%D0%B8%D0%B1%D0%BE%D0%B5%D0%B2-%D1%80%D0%B0%D0%B7%D0%B2%D0%B5%D1%80%D0%BD%D1%83%D1%82%D0%BE%D0%B5-%D0%B8%D0%BD%D1%82%D0%B5\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">to\u2018p tepyapti<\/a>.<\/p>\n<p><strong>\u2014 Jasurbek, nega ba&#8217;zilar rus tilini yaxshi tushunmasligingizni aytishadi?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Rus tilini juda yaxshi tushunaman. Murabbiylarning ko\u2018rsatmalarini ham yaxshi anglayman, muammo yo\u2018q. Ammo atrofimda odamlar ko\u2018p bo\u2018lsa, biroz hayajonlanaman, gapirishga qiynalaman.<\/p>\n<p><strong>\u2014 Bo\u2018sh vaqtingizni qanday o\u2018tkazasiz?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Ko\u2018chaga ko\u2018p chiqmayman, uyda o\u2018tiraman. Ba&#8217;zan jamoadoshlarimdan \u00abPlay Station\u00bbni olib turaman. Filmlarni yoki futbolni tomosha qilaman. Hozir o\u2018tmishdagi o\u2018yinlar namoyish etilmoqda. \u00abBarselona\u00bb va \u00abArsenal\u00bb menga yoqadi. O\u2018z pozitsiyamdagi futbolchilar qanday harakatlanishini kuzataman.<\/p>\n<p><strong>\u2014 Siz sof hujumchi emassiz, to\u2018g\u2018rimi?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Ha, Anatoliy Ivanovich Yurevich meni ko\u2018rikdan o\u2018tkazib, hujum chizig\u2018iga yo\u2018naltirdi. Belarusga kelgunimga qadar o\u2018ng qanot yarimhimoyachisi edim. Menga fransiyalik Hotam ben Arfa yoqadi, zo\u2018r dribling egasi. Hozir hujum chizig\u2018iga o\u2018tganimdan so\u2018ng, Messini kuzatyapman. U yarimhimoyachi ham, hujumchi ham emas, erkin ijodkor. To\u2018p uchun maydon markaziga yuguradi. Mendan ham shu tarzda o\u2018ynashni talab qilishmoqda \u2013 to\u2018pni qabul qilish uchun ochilishim, orqadan hujum qilishim lozim.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/cdn.tribuna.uz\/uploads\/TZ\/s6bHtaAvY9PcNWIMVerox0IQwXZ93p.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0Chinozda tug\u2018ilgansiz, u qanday shahar?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Uni baliqchilar shahri deb atashadi. 5 kilometr uzoqlikda Sirdaryo joylashgan. Chinozda hammaga mashhur baliq bozori bor. Narxi? Kilogrammiga 1,5 dollar atrofida. Baliqlarning turi ko\u2018p: laqqa, sazan, cho\u2018rtan, sudak&#8230; Uzunligi mendek keladigan laqqalar bor. Bozor yaqinida ko\u2018plab kafelar bor, baliqni qovurib berishadi. Juda mazali!<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0Ramazon ro\u2018zasini tutdingizmi?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Ha. Har kuni ro\u2018za tutamiz. Birinchi haftasi \u2013 eng og\u2018ir bo\u2018ladi. Keyin o\u2018rganib ketasiz. Kechqurun esa ko\u2018p ovqat yeyish mumkinmas. Oshqozon tayyor emas, darhol og\u2018riq boshlanadi. Oldin suv, ozgina shokolad, shirinliklar. 1,5 soatlardan keyin ovqatlansa bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0U holda mashg\u2018ulotlar va o\u2018yinlar uchun kuchni qayerdan olasiz?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Ko\u2018p uxlash kerak, shunda hammasi joyida bo\u2018ladi \u2013 kuch ham, quvvat ham topiladi. Agar odam uyquga to\u2018ysa, ochlikni sezmaydi. Yaxshi uxlamasa, oshqozon ovqat talab qiladi, chidash ham qiyin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/cdn.tribuna.uz\/uploads\/9W\/c8l5Pwwhj3bNBbmcGi2issWDPdYPx.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0Nimaning evaziga O\u2018zbekistonda kuchli futbolchilar yetishib chiqmoqda?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Futbolchilarimizning texnikasi kuchli \u2014 bu borada ular belaruslardan yaxshiroq. Ammo jismoniy tarafdan orqada. Yugurish, turtish va kurashishni yaxshi eplolmaymiz. Ya&#8217;ni, Yevropada o\u2018ynash uchun texnika yetarli, biroq, jismoniy kuch yetishmaydi.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0O\u2018smirlar va yoshlaringiz Osiyo chempionatlarida zafar quchgan.<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Ular jahon chempionatida doimiy ishtirok etmoqda. Kattalar jamoasiga esa har safar ozgina narsa, ba&#8217;zan bitta g\u2018alaba, ba&#8217;zan durang yetishmayapti. Umuman olganda iqtidorli bolalar ko\u2018p. Ammo ularning hammasida ham shug\u2018ullanish imkoniyati yo\u2018q. Agar chekka viloyatda tug\u2018ilgan bo\u2018lsa, uni Toshkentga olib borishga yoki oddiy butsa sotib olishga hamma oila ham qodir emas. Misol uchun buvim har kuni meni elektrichkada Toshkentga olib borgan. Uning pensiyasiga butsa olganmiz.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0Yoshlar o\u2018rtasidagi Osiyo chempionatida Portugaliyaning 5 karra chempioni, serbiyalik Lyubinko Drulovich qo\u2018l ostida o\u2018ynadingiz. U haqdagi taassurotlaringiz?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Zo\u2018r murabbiy. Bir necha yil oldin Serbiya o\u2018smirlar milliy jamoasi u bilan Yevropa chempioni bo\u2018lgan. Inson sifatida ham hurmatga loyiq. Insoniylik xislatlaringiz bo\u2018lmasa, sizdan yaxshi futbolchi chiqmaydi. Bu bir-biri bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/cdn.tribuna.uz\/uploads\/92\/DXkCgriBUCFcthfeZdwCZdxEhmWnR9.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0O\u2018zbek yulduzlaridan kimlar bilan tanishsiz?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 \u00abRostov\u00bbdagi Shomurodov bizda eng mashhur futbolchi. Xitoyda o\u2018ynayotgan Ahmedov ham bor. Ammo Shomurodov har o\u2018yinda gol uryapti, uni ko\u2018proq yaxshi ko\u2018rishadi. Har ikkalasi bilan milliy jamoada birga o\u2018ynaganman. 2018 yili Eron va Urugvayga qarshi bahslarda zaxiradan tushganman.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0O\u2018sha paytda milliy jamoani argentinalik mashhur murabbiy Ektor Kuper boshqarayotganmidi?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Yo\u2018q. Bu o\u2018yinlar may va iyun oylarida o\u2018tkazildi. Kuper esa avgustda keldi. Meni yig\u2018inlarga chaqirdi. Ammo 2019 yil yanvar oyidagi Osiyo Kubogiga olib ketmadi.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0O\u2018zbek futbolining eng obro\u2018li vakillari kimlar?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Mirjalol Qosimov, o\u2018tgan yili OKMK tarkibida uning qo\u2018l ostida o\u2018ynadim. \u00abRotor\u00bbda yordamchi murabbiy bo\u2018lib ishlayotgan Maksim Shatskix. \u00abPaxtakor\u00bb sport direktori Jafar Irismetov. U \u00abMozir\u00bb klubida o\u2018ynagan? Qoyil, bilmas ekanman. Va albatta mashhur hakam Ravshan Ermatov. Hamma uni hurmat qiladi, hozir u federatsiya rahbari.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0Osiyo Chempionlar Ligasida qaysi yulduzlarga duch kelgansiz?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Ispaniyalik Xavi, Gabi va Alvaro Negredo. Gollandiyalik Sneyder. Ajoyib futbolchilar! Harakatlari, ochilishi, maydonni ko\u2018rishi! Qarab turib, ko\u2018zlarimga ishonmaganman. Xavini uch futbolchi qo\u2018riqlagan, unga esa ta&#8217;sir ham qilmagan.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0\u00abPaxtakor\u00bbda BATE klubining sobiq himoyachisi Simich bilan birga o\u2018ynadingizmi?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Ha. Marko \u2014 zo\u2018r futbolchi. Hozir \u00abPaxtakor\u00bbning himoya markazida mahalliy yaxshi futbolchilar to\u2018p tepyapti. Bu nuqtada raqobat kuchli va ba&#8217;zan Simich zaxira o\u2018rindig\u2018ida qolgan. Menimcha shu tufayli klubni tark etdi.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0Umarov bilan OKMK klubida tanishdingizmi?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Ha. Toshkentdagi internatda birga o\u2018qidik. Keyin u \u00abPaxtakor\u00bb akademiyasida o\u2018ynadi. Shohruh ham poytaxtdan emas, u \u2013 olmaliqlik. OKMK klubida biz bilan birga belaruslik Vlad Kosminin ham to\u2018p tepdi. Zo\u2018r yigit. Har kuni gaplashardik.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/cdn.tribuna.uz\/uploads\/rX\/ad06hcUiIGbz6peRB4BVqFv3KcU1dE.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0\u00abEnergetik\u00bb sizni \u00abPaxtakor\u00bbdan ijaraga olgan. Toshkentga chaqirishmayaptimi?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Hozircha yo\u2018q. Ammo o\u2018zim Yevropaga ketmoqchiman. Bosh murabbiy Shota Arveladze bilan o\u2018rtamizda tushunmovchilik bor. Bir marta meni zaxiraga olganida, xafa bo\u2018lib qo\u2018lini siqmaganman. Shundan boshlanib ketgan. Zaxirada qola boshladim. O\u2018yinga tushsam ham 10-15 daqiqa harakat qilardim. Bu vaqt mobaynida nima ham qilish mumkin? To\u2018pni, o\u2018yin tempini sezmay qo\u2018ydim, natijada formamni yo\u2018qotdim. To\u2018pni qabul qilganimda, qanday harakat qilishni bilmay qoldim. O\u2018yinim yomonlashib ketaverdi. Yaxshi o\u2018ynasam ham keyingi bahsni zaxira o\u2018rindig\u2018ida boshlashimni bilardim. Bu esa ma&#8217;naviy azob. \u00abEnergetik\u00bbda esa hammasi boshqacha. Murabbiylar menga ishonch bildirmoqda. Jamoaga kerak ekanimni, foydam tegayotganini his qilyapman. Shuningdek, ishonchni oqlashga harakat qilyapman.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0\u00abEnergetik\u00bb tarkibida 3ta penaltini aniq amalga oshirdingiz. O\u2018zbekistonda ham penaltini tez-tez tepganmisiz?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Bir marta ham tepmaganman. \u00abEnergetik\u00bbda mavsum boshidayoq penalti tepuvchi qilib tayinlashdi. Bu men uchun yangi chorlov \u2013 o\u2018zimga va boshqalarga bu ko\u2018nikmaga ega ekanimni isbotlash uchun imkoniyat.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0Chempionatda nechta gol urmoqchisiz?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Har bir o\u2018yinda gol yoki uzatma bo\u2018lishini istayman.<\/p>\n<p><strong>\u2014<\/strong><strong>\u00a0O\u2018zbekistonga qachon qaytmoqchisiz?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Yozda. Chinozda to\u2018yimni o\u2018tkazishni rejalashtiryapman. Ammo hozir chegaralar yopiq. Demak kutib turishga to\u2018g\u2018ri keladi. To\u2018y ham kuzga qolsa kerak.<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/kun.uz\/uz\/news\/2020\/05\/13\/intervyu-jasurbek-yaxshiboyev-roza-arveladze-bilan-tushunmovchilik-va-ozbekistonlik-futbolchilarning-belaruslardan-ustunligi-haqida\">kun.uz<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Belarusning \u00abEnergetik-BGU\u00bb klubi hujumchisi Jasurbek Yaxshiboyev klub saytiga katta intervyu berdi. 22 yoshli futbolchi Belarus chempionatining dastlabki 8 turida 6ta<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":566,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[56],"class_list":["post-136","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sports","tag-futbol"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","en","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/136","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=136"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/136\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":567,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/136\/revisions\/567"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=136"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=136"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=136"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}