Yaponiyada koronavirus tufayli mamlakatning har bir fuqarosiga 930 dollardan to‘lash boshlandi

Yaponiya hukumati mamlakatning har bir fuqarosiga 100 ming iyena (taxminan 930 AQSh dollari) miqdorida nafaqa to‘lay boshladi. Bu haqda seshanba kuni ma’muriy ishlar va kommunikatsiyalar bo‘yicha vazir Sanae Takaiti ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

«Nafaqa pulini to‘lash mamlakatning 1388ta munitsipalitetida boshlandi, bu ularning umumiy miqdoridan 79,7 foizni tashkil etadi», – deya ma’lum qildi u.

Aprel oyining oxirida Yaponiyada koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy moliyaviy yil uchun (2020-yil 1-apreldan boshlandi) qo‘shimcha 25,6 trln iyena (237 mlrd dollar) miqdorida budjet tasdiqlandi. Nafaqa to‘lash uchun mablag‘lar ushbu puldan olinadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya hududida koronavirus bilan kasallanganlar soni 17,3 mingdan oshdi, 860dan ortiq kishi vafot etdi. 14 mingdan ortiq odam tuzaldi.

Manba: kun.uz

Fikr bildirish