Podiumda modellar o‘rniga 3D kiyimlar “yuradi”

Kongolik dizayner Anifa Mvuemba o‘zining Hanifa brendining yangi kolleksiyasini virtual tarzda taqdim etdi, deb yozadi Esquire.

U 3D modellashtirish yordamida moda namoyishini o‘tkazdi. Namoyish modellarsiz o‘tdi: kiyimlar podiumda o‘zi yurayotgandek edi.

Dizaynerning so‘zlariga ko‘ra, raqamli taqdimot haqida u dunyodagi hozirgi vaziyatga qadar o‘ylagan edi.

“Hanifa bu — qandaydir cheklovlarsiz, barcha ayollarga mo‘ljallangan kiyim. Shuning uchun uch o‘lchamli vizuallashtirish ushbu g‘oyani yaxshiroq aks ettiradi”, — deydi dizayner. Raqamli taqdimotni tayyorlashga yarim yildan ko‘proq vaqt sarflandi.

Pink Label Congo deb nomlangan kolleksiyadagi kiyimlar Kongo manzarasiga bag‘ishlangan va Afrika modasini  aks ettirgan.

Manba: daryo.uz

Fikr bildirish