{"id":667,"date":"2020-05-27T20:04:47","date_gmt":"2020-05-27T15:04:47","guid":{"rendered":"https:\/\/buxorotv.uz\/?p=667"},"modified":"2020-05-27T20:04:49","modified_gmt":"2020-05-27T15:04:49","slug":"uzoq-umr-korish-geni-yoxud-buvidan-nevaraga-otuvchi-nasliy-kasalliklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/post\/667\/","title":{"rendered":"Uzoq umr ko&#8217;rish geni yoxud buvidan nevaraga o&#8217;tuvchi nasliy kasalliklar"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2001 yilning 29 avgustida inson tanasida ko&#8217;p yashash sirini o&#8217;zida saqlashi mumkin bo&#8217;lgan uzoq umr ko&#8217;rish geni topildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xo&#8217;sh, genlar haqida yana nimalar ma&#8217;lum? Olimlar qay darajada muhim bo&#8217;lgan genni topishdi? Bu galgi mavzumiz xuddi shu haqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aynan genlar tug&#8217;ilajak farzand qanday bo&#8217;lishini oldindan aniqlab bera oladi. Inson ota-onasidan genlar bilan birga tashqi ko&#8217;rinish, fe&#8217;l-atvor, kasalliklar yoki ma&#8217;lum xastalikka moyillikni meros qilib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bolaning jinsi va bo&#8217;yi ham aynan genlarga bog&#8217;liq. Olimlar o&#8217;tkazgan oxirgi tadqiqot natijalari va diagnostik usullarga ko&#8217;ra genetikaning hozirgi kundagi darajasi muayyan insondagi deyarli barcha genlar ustida tadqiqot o&#8217;tkazish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Ma&#8217;lumot<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Gen \u2014 bu tirik organizm irsiyatining strukturaviy va funksional birligi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aynan genlar ko&#8217;payish davrida organizmdagi avloddan avlodga o&#8217;tadigan nasliy belgilarni aniqlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abGen\u00bb atamasi 1909 yili daniyalik botanik Vilgelm Iogansen tomonidan Uilyam Betson \u00abgenetika\u00bb terminini amalda qo&#8217;llay boshlaganidan so&#8217;ng uch yil o&#8217;tib iste&#8217;molga kiritilgan. Ammo odamlarni genetik kasalliklar hammasidan ko&#8217;proq tashvishga soladi. Bitta genda o&#8217;zgarish ro&#8217;y berishiga sabab bo&#8217;ladigan kasallik ham xuddi shunday xastaliklar sirasiga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda bu kabi kasalliklarning 3500 ga yaqini qayd etilgan va ularning yarmiga zararlanish turi, mutatsiyasi va ma&#8217;lum tuzilishiga ko&#8217;ra gen sababchi ekanligi aniqlangan. Biroq qanday gen kuchlirog&#8217;-u, qay biri keyingi avlod uchun \u00abmuzlab\u00bb turibdi, buni topish hozirgi kungacha murakkabligicha qolmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayrim genlarni mutaxassislar qanday blokirovkalab, inson foydasiga \u00abishlash\u00bbga majbur etish usullarini juda yaxshi o&#8217;rganishgan. Lekin ko&#8217;pgina genlar ustida ishlash jarayoni hozirgacha davom etib kelyapti.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Ko&#8217;p yashash geni<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2001 yilda Massachusetsdagi Garvard tibbiyot maktabi olimlari uzoq umr ko&#8217;rish genini topishdi. Uzoq umr ko&#8217;rish geni \u2014 bu haqiqatan uzoq umr ko&#8217;rish sirini saqlay oladigan izchil 10 ta gen.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Loyihani amalga oshirish jarayonida aka-uka va opa-singillari 91dan 109 yoshgacha bo&#8217;lgan 137 nafar 100 yoshli odamlar geni o&#8217;rganildi. Barcha ishtirokchilardan \u00ab4 raqamli xromosoma\u00bb topildi va olimlar aynan uning tarkibida salomatlik va uzoq umr ko&#8217;rishga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatuvchi 10 ta gen mavjud, deb hisoblashyapti. Bu genlar, olimlar taxmin qilganlaridek, o&#8217;z tarqatuvchilariga saraton, yurak xastaliklari, aqlan zaiflik va boshqa ko&#8217;plab xastaliklarga qarshi muvaffaqiyatli kurashish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Olimlar mazkur genlar ishlab chiqaradigan kimyoviy moddalarni ajratib olish va ular asosida keksa kishilar uchun mo&#8217;ljallangan dori-darmonlar ishlab chiqarishni rejalashtirishyapti.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu ishdan ko&#8217;zlangan asosiy maqsad umr davomiyligini oshirish emas, balki uni badastir qilish, ya&#8217;ni og&#8217;riqlarsiz yashash imkonini yaratishdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O&#8217;rtacha genlar to&#8217;plami 85-90 yoshgacha yashash imkonini beradi, lekin aynan oxirgi 20 yilda og&#8217;riqlarsiz umr kechirish uchun kasalliklarga qarshi kurashuvchi genlar kerak bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tadqiqotchilar fikricha, bu muammoni hal etishda uzoq umr ko&#8217;rish genlari yordam bera oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tutqanoq (epilepsiya) sabablari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Odatda, epileptik xurujlar sababini aniqlashning imkoni yo&#8217;q, ayrim hollardagina ekspertlar idiopatik epilepsiya haqida gapirishadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Melburn universiteti mutaxassislari boshchiligidagi xalqaro olimlar guruhi 12 foiz idiopatik epilepsiyani DEPDC5 (ushbu gen bilan kodlangan, neyronlar ichida uzatiladigan signallarni qabul qilishda ishtirok etadigan oqsil) geni mutatsiyasi chaqirishini aniqlashdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Mutatsiya qachon saraton chaqiradi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tuxumdonlar saratoni rivojlanishini aniqlash usullaridan biri maxsus tahlil bo&#8217;lib, BRCA1 yoki BRSA2 genlarida mutatsiya mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Bu tahlil onkologik xastalik tufayli olamdan o&#8217;tgan ayollarda tuxumdonlar saratoniga nasliy moyillik mavjud bo&#8217;lganini ko&#8217;rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fursatdan foydalanib aytish mumkinki, aynan ana shu holat onasi tuxumdonlar saratonidan qazo qilgan, xolasi ko&#8217;krak saratoni tufayli sut bezlaridan ayrilgan gollivud yulduzi Anjelina Jolida ham kuzatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Semizlik naslga xos<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ortiqcha vazn yig&#8217;ish, ya&#8217;ni semizlik muammosini olimlar nafaqat parhez yoki jismoniy zo&#8217;riqishlar, balki gen darajasida hal etishga harakat qilishyapti. Jumladan, ortiqcha vazn yig&#8217;ishga moyillik FTO genida nuqson bo&#8217;lgan odamlarda uchraydi. Ushbu gen \u00abochlik gormoni\u00bb deb ataluvchi grelin balansini buzib, ishtaha yo&#8217;qolishi va tug&#8217;ma ravishda keragidan ortiqcha yeyishga harakat qilishga olib keladi. Mazkur jarayonni tushunish organizmda grelin konsentratsiyasi xususiyatiga ega bo&#8217;lgan dori vositasini yaratishga umid bag&#8217;ishlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, yaqinda Oksford, Kembrij va Shveysariyada ishlaydigan bir guruh olimlarning hamkorlikdagi tadqiqotlari natijasiga ko&#8217;ra, semizlik va qandli diabet xavfi ilgari hisoblanganidek to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri onadan emas, balki buvidan o&#8217;g&#8217;li orqali nabirasiga o&#8217;tishi mumkin ekan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Aql geni<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xitoy olimlari \u00abaql geni\u00bbni topish ustida tadqiqot ishlarini olib borishayotganini ma&#8217;lum qilishganiga hali uncha ko&#8217;p vaqt bo&#8217;lgani yo&#8217;q. Ularning asosiy vazifasi yangi tug&#8217;ilgan chaqaloqlarga embrionlik vaqtida talab etiladigan genlarni kirgizib, aniq fanlar bo&#8217;yicha iqtidorni singdirishdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday bolalarga bo&#8217;lgan talab ma&#8217;lum mablag&#8217;ni to&#8217;lashga qurbi yetadigan ota-onalar orasida alohida o&#8217;rin egallashi, buning oqibatida esa ushbu texnologiya butun xitoy millatining intellekti o&#8217;sishiga olib kelishi kutilyapti.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Qarish geni<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abR66Shc\u00bb geni organizmning qarishiga olib keladi. Ammo bu genni o&#8217;rganish jarayonida kutilmagan xulosa chiqarishga to&#8217;g&#8217;ri keldi. Ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, qarish geni nafaqat organizmimizni asta-sekin o&#8217;ldirib borarkan, balki sovuq va ochlik vaqtida himoyalanish mexanizmini ishga tushirib, yaxshigina yordam ham berar ekan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Yashirin tashuvchilar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har bir odam o&#8217;rta hisobda beshta kasallikning yashirin tashuvchisi hisoblanadi. Ammo bu xastaliklar kelajak avlodlarda, ya&#8217;ni farzandlarda yuzaga chiqishi uchun ota-onalardan birida aynan shu genda patologik o&#8217;zgarishlar bo&#8217;lishi kerak. Ammo bunday holat yuz berishi ehtimoli juda kam. Shuning uchun ekspertlar nazariy jihatdan har qanday juftlikda kasal bolani dunyoga keltirish xavfi mavjud, ammo u o&#8217;rta hisobda 5 foizni tashkil etadi, deb hisoblashadi. Ko&#8217;p hollarda bolaning genetik o&#8217;zgarishlar bilan dunyoga kelishi \u2014 oldindan aytib bo&#8217;lmaydigan jarayon.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, genetik xastalikka chalingan oilada sog&#8217;lom farzand ko&#8217;rish mumkinligi ham o&#8217;z isbotini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Genetik xastalik mavjudligini faqat genetik shifokorgina taxmin qilishi mumkin. Ammo buning uchun geniologiya va naslning tibbiy tarixi (o&#8217;tmish hayotga oid fakt va voqea-hodisalar majmui)ni bilish lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Homila suvini tahlil qilish orqali ayol yuragi ostida rivojlanayotgan bolaning qanday xastaliklar bilan tug&#8217;ilishini ona qornidagi davr (prenatal) diagnostikasi usuli bilan ham aniqlash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Faqat genlar emas\u2026<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko&#8217;pgina kasalliklar rivojlanishiga faqatgina genlar va \u00abnasl yomonligi\u00bb emas, inson va uning ota-onasi yashagan turmush tarzi ham sababchi bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Barcha xastaliklarning 96 foizi multifaktorlidir. Masalan, unga gipertoniya va diabet taalluqli.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ularning rivojlanishida bir necha gen va shart-sharoit omillari ishtirok etadi. Barcha faktorlar ta&#8217;sirining o&#8217;zaro nisbati har xil, lekin har qanday holatda ham shifokorlar inson o&#8217;z salomatligi uchun shaxsan mas&#8217;ul ekanini aytishni unutishmaydi. Qandaydir kasallikka genetik moyillik so&#8217;nggi hukm emas, aksincha, ma&#8217;lum xastalikka qarshi zudlik bilan profilaktik chora ko&#8217;rish uchun berilgan sababdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Manba: <a href=\"https:\/\/hordiq.uz\/2020\/05\/20\/uzoq-umr-kurish-geni-yoxud-buvidan-nevaraga-utuvchi-nasliy-kasalliklar\/?lang=lat\">hordiq.uz<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2001 yilning 29 avgustida inson tanasida ko&#8217;p yashash sirini o&#8217;zida saqlashi mumkin bo&#8217;lgan uzoq umr ko&#8217;rish geni topildi. Xo&#8217;sh, genlar<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":668,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[67,66],"class_list":["post-667","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-health","tag-insongeni","tag-uzoqumr"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"en","enabled_languages":["uz","en","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/667","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=667"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/667\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":669,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/667\/revisions\/669"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/668"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=667"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=667"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=667"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}