{"id":233,"date":"2017-12-26T05:59:30","date_gmt":"2017-12-26T05:59:30","guid":{"rendered":"https:\/\/demo.themegrill.com\/colormag-dark\/?p=233"},"modified":"2020-12-16T12:07:54","modified_gmt":"2020-12-16T07:07:54","slug":"hayotning-kinodan-farqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/post\/233\/","title":{"rendered":"Hayotning kinodan farqi. Zelenskiyning 1 yili qanday o\u2018tdi?"},"content":{"rendered":"<p>Bir yil oldin Vladimir Zelenskiy prezidentlik qasamyodini qabul qilib, Ukrainani boshqarishga kirishgan edi. O\u2018shanda u misli ko\u2018rilmagan darajada xalqning ishonchini qozongan va saylovning ikkinchi bosqichida 73 foiz ovoz to\u2018plagandi. Xuddi filmlardagidek. Masalan, \u00abSluga naroda\u00bb filmidagi kabi&#8230; Bungacha faqat kinoda prezident rolini ijro etgan Zelenskiy hayotda prezidentlikni qanday uddalamoqda?<\/p>\n<div class=\"main-img\">\n<div class=\"main-img__caption\"><span style=\"font-size: inherit;\">Siyosat ko\u2018chasidan o\u2018tmagan yangi prezidentdan uning \u00abKechki kvartal\u00bb komediya tomoshasida Ukrainaning yuqori mansabdorlarini masxara qiladigan rollarini sevib tomosha qilgani kabi xalqning umidi juda yuqori edi.<\/span><\/div>\n<\/div>\n<p>Aksariyat ukrainaliklar Zelenskiyni televizor ekranlaridan chiqib kelganday \u2013 \u00abXalq xizmatchisi\u00bb serialining qahramoni, sodda va unchalik ham savodli bo\u2018lmagan, tarix fani o\u2018qituvchisi, vijdonli Vasiliy Goloberodko deb qabul qildi. Serialda u tasodifan Ukraina prezidenti etib saylanadi hamda mamlakatni muvaffaqiyat bilan boshqarib, farovonlikka yetaklaydi.<\/p>\n<p>O\u2018shanda saylovoldi targ\u2018ibotlarida bu o\u2018xshashlikdan yangi prezidentning jamoasi ustalik bilan foydalangan. Zelenskiy o\u2018zining prezident bo\u2018lganiga 100 kun bo\u2018lgani munosabati bilan o\u2018tkazilgan matbuot anjumanida o\u2018z faoliyati haqida tayinli gap gapirmaydi. Balki barcha gapni u bilan \u00abXalq xizmatchisi\u00bb serialida bosh vazir rolini o\u2018ynagan aktyor o\u2018zidan intervyu olganda gapirib bergan edi.<\/p>\n<p>Zelenskiy prezidentlik vakolatini qabul qilib olar ekan, u serialdagidan ko\u2018ra mutlaqo jiddiyroq bo\u2018lgan muammolarga duch keldi.<\/p>\n<p>Mamlakatda shiddat bilan tarqalayotgan koronavirus epidemiyasi tufayli Zelenskiy Ukrainaga omonat krediti berish uchun shartlar qo\u2018ygan Xalqaro valuta fondiga serialdagi prezident Goloborodko singari munosib javob bera olmaydi. Shuningdek, serialdagi xayoliy prezidentga Minsk muloqotlarini qayta boshlash haqida bosh og\u2018ritish yoki o\u2018z partiyasining mahalliy saylovlardagi natijalaridan xavotirlanish kabi tashvishlar begona edi. Shunga qaramay, bugungi kunda Zelenskiy Ukraina siyosatchilarining mashhurlik reytingida yetakchi bo\u2018lib qolmoqda. U Ukraina prezidenti sifatida faoliyat yuritib bir yil davomida nimalarga erishdi va mamlakatni qanchalik o\u2018zgartira oldi, qo\u2018yida shu haqda batafsil.<\/p>\n<p><strong>Donbassdagi urushni tugata olmadi, faqat asirlarni almashtirdi<\/strong><\/p>\n<hr>\n<div style=\"text-align: center;\">\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/5\/HgqEivKHdWVZaagtE7V7Fel0ssfIKaGd.jpg\" alt=\"\"><figcaption><em>Foto: Reuters<\/em><\/figcaption><\/figure>\n<\/div>\n<hr>\n<p>Garchi saylovoldi targ\u2018iboti ketayotgan paytda \u00abO\u2018q otishni to\u2018xtatish kerak\u00bb deb baland ovozda gapirgan bo\u2018lsa ham Vladimir Zelenskiy Ukraina sharqidagi harbiy mojaroni to\u2018xtatishga muvaffaq bo\u2018la olmadi.<\/p>\n<p>To\u2018g\u2018ri, Donbassda bugun ayirmachilarga qarshi keng ko\u2018lamli harbiy amaliyotlar o\u2018tkazilmayapti. Ammo vaziyatga umumiy nazar solinsa front chizig\u2018i yaqinidagi hozirgi vaziyat, Minsk bitimlari imzolangandan keyingi besh yil davomida sodir bo\u2018lgan vaziyatdan unchalik farq qilmaydi. Qisqasi, Zelenskiy Donbassdagi ayirmachilar bilan o\u2018zaro umumiy til topisha olmadi va hududda o\u2018q otish hanuz to\u2018xtamadi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan bir yil davomida Zelenskiy va uning jamoasi a&#8217;zolari bir necha \u00abagar Minsk kelishuvi ishlamasa, o\u2018zaro tinchlikka erishishning boshqa yo\u2018llarini qidirish kerak\u00bb deb ham aytishdi.<\/p>\n<p>Ammo bu masalada aniq muddat belgilanmagani hamda kelishuvga erishish uchun hech qanday jo\u2018yali rejaning o\u2018zi yo\u2018qligi barchasini boshi berk ko\u2018chaga kirgizib qo\u2018yyapti. Qolaversa, Minsk kelishuvi amalga oshishi uchun qanday o\u2018zgartirishlarga qo\u2018l urish kerakligi so\u2018ralganda, Ukraina prezidenti \u00abu oxirigacha ishlaydi\u00bb, deb ham ayta olmaydi.<\/p>\n<p>OAVga faqat prezident ma&#8217;muriyati rahbari hamda tinchlikka erishish uchun mas&#8217;ul etib tayinlangan Andrey Yermak tomonidan tinchlik kelishuviga erishish uchun muzokarachilar tarkibini o\u2018zgartirish jarayoni ketayotgani haqida gapirilayotgan gaplardan boshqa narsa ma&#8217;lum emas. Ukraina hukumati tomonidan ilgari surilayotgan asosiy maqsad \u2013 hozir nazoratsiz qolayotgan hududlarda shu yilning oktabr oyida mahalliy saylovlarni o\u2018tkazish. Ammo hozircha bu ishni amalga oshirish ilojsiz ishday ko\u2018rinmoqda.<\/p>\n<p>Boshqa tomondan, Zelenskiy, Kiyevda noqulay tarzda qabul qilingan \u00abShtaynmayyer formulasi\u00bb (Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer tomonidan ilgari surilgan Ukraina sharqidagi ayirmachilar egallab turgan hududlarga alohida maqom berish haqidagi kelishuv) to\u2018g\u2018risidagi kelishuvdan kelib chiqqan holda, uzoq vaqtga cho\u2018zilgan tanaffusdan so\u2018ng \u00abNormand formati\u00bbni qayta tiklashga muvaffaq bo\u2018ldi va Parij sammitida Vladimir Putin bilan shaxsan o\u2018zi uchrashdi.<\/p>\n<hr>\n<div>\n<figure class=\"image\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/4\/ZBJc3U1e_pbKTITD2CphoNPBB86mjkGR.jpg\" alt=\"\" width=\"800\" height=\"534\"><figcaption><em>Foto: Ludovic Marin\/Pool via REUTERS<\/em><\/figcaption><\/figure>\n<\/div>\n<hr>\n<p>Ukraina va Rossiya rahbarlarining muloqoti bir necha marta ayirmachilar bilan mahbuslarni almashishga imkon berdi, ammo Kiyev hamda Moskva o\u2018rtasidagi munosabatlar keskinligicha qolmoqda.<\/p>\n<p>Ikki mamlakat o\u2018rtasidagi havo qatnovi hanuz tiklanmadi, diplomatik aloqalar ham muzlatilgan holida turibdi. Shuningdek, prezident bo\u2018lganining bir yilligi arafasida Zelenskiy Poroshenkoning Rossiyaning \u00abVKontakte\u00bb va \u00abOdnoklassniki\u00bb ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga qo\u2018yilgan taqiqni uzaytirdi.<\/p>\n<p><strong>Zelenskiy Tramp bilan bahslashib qoldi va vaziyatdan silliq chiqib ketdi<\/strong><\/p>\n<p>Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan impichment qo\u2018llanishiga sababchi bo\u2018ldi va sal qolsa uning hokimiyatdan chetlashtirilishini ham xotirjam tomosha qilishi mumkin edi.<\/p>\n<hr>\n<div>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/F3hVZaNqk3zVUhd_DXR8EmeHwq63iKKz.jpg\" alt=\"\"><figcaption><em>Getty Images<\/em><\/figcaption><\/figure>\n<\/div>\n<hr>\n<p>Guvohlarning so\u2018zlariga ko\u2018ra, o\u2018tgan yil iyul oyida har ikki prezident o\u2018rtasidagi suhbat davomida Tramp Zelenskiyga pand berishga uringan. O\u2018shanda Zelenskiy bilan uchrashgan Tramp Ukraina prezidentidan joriy yil noyabr oyida AQShda o\u2018tkaziladigan saylovda o\u2018ziga raqib bo\u2018lishi kutilayotgan Jo Baydenning o\u2018g\u2018liga jinoiy ish ochishni so\u2018ragan. Uning bu ishi siyosat nuqtayi nazaridan va prezidentlik etikasi yuzasidan ham noto\u2018g\u2018ri edi. Trampning o\u2018sha ishi boshqa bir mustaqil davlat rahbariga bosim uyushtirish deb baholandi va unga nisbatan impichment e&#8217;lon qilinishiga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Zelenskiy o\u2018shanda ikki o\u2018t orasida qolgandi: o\u2018sha kunlarda uning har bir so\u2018zi Amerika siyosatida raqobatlashayotgan ikki jamoadan birining foydasiga ishlab ketishi va Ukraina Moskva bilan qarama-qarshi turishida kerak bo\u2018ladigan AQShning qo\u2018llab-quvvatlashidan mahrum qilishi mumkin edi.<\/p>\n<p>Oq uy Tramp bilan Zelenskiy o\u2018rtasida bo\u2018lib o\u2018tgan mojaroli suhbat ssenariysini e&#8217;lon qilgani Ukraina prezidenti uchun kutilmagan holat bo\u2018ldi: AQSh tomoni bu ishni rasmiy Kiyev bilan maslahatlashmasdan amalga oshirdi.<\/p>\n<p>Shunga qaramay, Zelenskiy suvdan quruq chiqib ketishga muvaffaq bo\u2018ldi va AQShdagi ikki asosiy partiyalarning o\u2018zaro bahsi ta&#8217;siri ostiga tushib qolmadi. Endi u hatto \u00abo\u2018sha noxush hodisadan keyin har qanday amerikalik Ukrainani xaritadan osongina topib oladigan bo\u2018ldi\u00bb deb hazillashmoqda.<\/p>\n<p><strong>Oliy Radani qayta tuzdi, \u00abishchan rejim\u00bbni yoqdi<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zining qasamyod qilish marosimida Vladimir Zelenskiy 2014 yilda qayta saylangan Oliy Radani tarqatib yuborishini aytgan edi. Aslida esa Oliy Radani tarqatishga aytarli asos ham yo\u2018q edi, yana olti oydan so\u2018ng shundoq ham parlament saylovlari bo\u2018lib o\u2018tishi lozim edi. Ammo yangi saylangan prezident o\u2018zining yuqori reytingini saqlab qolish uchun hammasini yangilashni boshladi va parlamentda ham o\u2018z tarafdorlarining kuchli tarkibiga ega bo\u2018lishga shoshildi.<\/p>\n<p>Ukrainada prezident sayloviga kam vaqt qolganda, shoshilinch tarzda yangi tashkil etilgan Zelenskiyning \u00abSluga naroda\u00bb partiyasi (\u00abXalq xizmatkori\u00bb) o\u2018tgan yilning iyul oyida o\u2018tkazilgan parlament saylovida ham juda ajoyib natija bilan g\u2018alaba qozondi va Ukraina tarixida birinchi marta Oliy Radada mutlaq ko\u2018pchilik o\u2018rinni egalladi.<\/p>\n<p>Saylovdan so\u2018ng Radaga deputat sifatida juda ko\u2018p yangi odamlar keldi. Ba&#8217;zi bir deputatlikka nomzodlar xuddi internetda so\u2018rovnoma to\u2018ldirib kelib qolganday taassurot qoldirib Zelenskiyning partiyasiga osongina kelib qoldi va bir urinishda deputatlikka saylandi. Ularda mutlaqo tajriba yo\u2018qligi uchun parlament a&#8217;zolari Karpatdagi Truskavets kurortida o\u2018zlari uchun tashkil etilgan \u00abyosh deputatlar maktabi\u00bbda qonunchilik jarayonining o\u2018ziga xos xususiyatlarini o\u2018rganishdi va o\u2018sha yerda bir-biri bilan tanishishdi.<\/p>\n<p>Ilk oylarda yangi Rada \u00abishchan rejim\u00bbda ishladi. Tizimli qonunlar juda katta hajmda, deyarli muhokama qilinmasdan qisqa muddatda yozildi va qabul qilindi. Ularda aniqlangan kamchiliklar keyinchalik yo\u2018l-yo\u2018lakay muhokama qilinyapti va ularni joriy qilish jarayonida to\u2018g\u2018rilanmoqda.<\/p>\n<hr>\n<div>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/1WTzAtvCl9ssiG4Y5nODCTyC2UCpKRAt.jpg\" alt=\"\"><figcaption><em>Getty Images<\/em><\/figcaption><\/figure>\n<\/div>\n<hr>\n<p>Keyin esa Rada bilan yaqindan ishlaydigan prezident ma&#8217;muriyatining qudratli rahbari Andrey Bogdanning iste&#8217;fosi tufayli yoki prezident fraksiyalarining ko\u2018p sonli guruhlari tomonidan tabaqalanishi ortishi tufayli \u00abishchan rejim\u00bb ham to\u2018xtab qoldi.<\/p>\n<p>Yangi parlament mamlakat uchun muhim qonunlar qabul qilishda davom etmoqda: joriy yilning bahorida Rada yer bozorini ochdi va banklar to\u2018g\u2018risidagi \u00abantikolomoyskiy qonuni\u00bbni qabul qildi. Ammo ikki holatda, hatto prezidentning ushbu qonunlarni yoqlab ovoz berishi ham natija bermadi: muxolifat fraksiyalarning ovozisiz ularni qabul qilib bo\u2018lmas ekan.<\/p>\n<p><strong>Hech kimni jazolamadi<\/strong><\/p>\n<p>Saylov oldidan butun mamlakat bo\u2018ylab \u00abBahor kelsa ekin ekamiz\u00bb degan saylov taxtalarini osib qo\u2018ygan Zelenskiy o\u2018z tarafdorlarining umidlarini juda qiyinchilik bilan oqlashga harakat qilmoqda.<\/p>\n<p>Zelenskiy hokimiyatga kelganidan keyin, o\u2018tgan bir yil davomida mamlakatdagi barcha huquq-tartibot idoralarini nazoratga oldi.<\/p>\n<p>Aksariyati uning partiyasi a&#8217;zolari bo\u2018lgan parlament kutilmaganda \u00abdeputat daxlsizligi\u00bbni sezilarli darajada qisqartirdi.<\/p>\n<hr>\n<div style=\"text-align: center;\">\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/TJqL1sZiqHiPXrrEjUSm6CT6_M2VPmQB.jpg\" alt=\"\"><\/figure>\n<figure class=\"image\"><em style=\"font-size: inherit;\">UNIAN<\/em><\/figure>\n<\/div>\n<hr>\n<p>Biroq, bu yetarli natijalarga olib kelmadi: parlamentning birorta deputati hamda Zelenskiydan oldingi rahbariyat paytida ishlagan birorta yuqori lavozimli amaldor yangi hukumat davrida ayblanmadi va jazoga tortilmadi. Balki, bu bilan Zelenskiy o\u2018ziga dushman orttirishni xohlamagandir, balki yumshoq ko\u2018ngillilik qilgandir.<\/p>\n<p>Yuqori darajadagi korrupsiyaga qarshi kurashning qoniqarsiz natijalariga qaramay, prezident iste&#8217;foga chiqarilgan yaqin hamkori, sobiq bosh prokuror Ruslan Ryaboshapkaning (u Zelenskiy prezidentligi davrida, 2019 yil avgustidan 2020 yil martigacha lavozimda bo\u2018lgan) iste&#8217;fosi haqida izoh bera oldi. Ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, uning iste&#8217;fosiga korrupsiya sabab bo\u2018lmagan.<\/p>\n<p>\u00abXalq xizmatkori\u00bb partiyasi yetakchilaridan biri David Araxamiya bergan izohga ko\u2018ra, sobiq bosh prokuror Ruslan Ryaboshapka sobiq prezident Petro Poroshenkoga o\u2018z vaqtida shubha bildirmagani sababli o\u2018z lavozimidan mahrum bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Zelenskiyning Poroshenkoga bo\u2018lgan munosabati avvaldan ma&#8217;lum edi. U buni saylovoldi jarayonlarda ham \u00abMen sizning raqibingiz emasman, men sizga chiqarilgan hukmman\u00bb degan iborani bir necha bor gapirish orqali bildirgan edi. Shundan so\u2018ng Poroshenko familiyasi davlat tergov byurosi (GBR) tomonidan tergov qilinayotgan 13ta jinoiy ishda darhol paydo bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Endilikda davlat tergov byurosining sobiq rahbari Irina Venediktova bosh prokuror lavozimida o\u2018tiribdi. Poroshenko Ukraina hukumati o\u2018zini siyosiy ta&#8217;qib qilayotganini bildirmoqda. Zelenskiy esa o\u2018z videomurojaatlarida korrupsionerlarni qattiqroq jazolash tarafdori ekanligini aytib kelmoqda. Shunchaki u huquq-tartibot idoralari ishiga aralashish vakolatiga ega emas.<\/p>\n<p><strong>Iqtisodiyot o\u2018sishda davom etdi, ammo koronavirus natijalar pasayishiga sabab bo\u2018ldi<\/strong><\/p>\n<p>Saylovoldi targ\u2018ibotida Zelenskiyning eng asosiy tanqidlaridan biri \u2013 bu davlat rahbarida iqtisodiy holatlarga chora ko\u2018rish vakolatlari to\u2018liq emasligi haqida edi. O\u2018sha paytda uning raqiblari o\u2018z foydasini ko\u2018zlab Zelenskiyning yuqoridagi gaplarini ommaga teskari talqinda yetkaza boshladi. Ular debatlarda \u00abZelenskiy prezident bo\u2018lsa mamlakat iqtisodiyoti parchalanib ketadi va milliy valuta grivnaning dollarga nisbatan qadri pasayadi\u00bb deya boshlashdi. Zelenskiy prezident bo\u2018lganidan so\u2018ng uning raqiblari tomonidan vahima aralash gapirilgan o\u2018sha bashoratlar amalga oshmadi. Aksincha, Ukraina iqtisodiyoti asta-sekinlik bilan bo\u2018lsa ham o\u2018sa boshladi. Mamlakat ham parchalanib ketmadi. Masalan, o\u2018tgan yil oxirida Ukraina iqtisodiyoti kichik ko\u2018rsatkich bilan bo\u2018lsada o\u2018sish sur&#8217;atlarini ko\u2018rsatdi \u2013 taxminan 3 foiz. Grivnaning dollarga nisbatan qadri ham ancha mustahkamlandi.<\/p>\n<p>To\u2018g\u2018ri, 2019 yil oxirida e&#8217;lon qilingan statistika o\u2018tgan yilda sanoatning o\u2018sish sur&#8217;ati pasayganini qayd etdi va turli nashrlar iqtisodiyotning ayrim sohalarida ish haqini to\u2018lash kechiktirilayotgani haqida xabar bera boshladi. Bu esa bosh vazir Aleksey Goncharuk boshchiligidagi mamlakat tarixidagi eng yosh hukumatni iste&#8217;foga chiqarish uchun yetarli sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n<div class=\"bl-d\">\n<p>Ukraina iqtisodiyotiga qo\u2018shimcha og\u2018ir zarba koronavirus tomonidan yetkazildi. Mart oyida joriy etilgan karantin mamlakatdagi deyarli barcha kichik biznesni to\u2018xtatdi. Shuningdek, yuz minglab mehnat muhojirlari joriy qilingan karantin tufayli Yevropaning turli mamlakatlaridan o\u2018z vataniga qaytib kelishiga sabab bo\u2018ldi. Bu esa Ukraina uchun juda muhim bo\u2018lgan, valuta kirimi pasayishiga va oqibatda shundoq ham ko\u2018rsatkichlari pasayayotgan iqtisodiyotga salbiy ta&#8217;sir ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Xorijdan qaytgan fuqarolarni mamlakatda ushlab qolish uchun hukumat karantin bo\u2018lishiga qaramasdan ularning aksariyatiga 6-8 ming grivna maosh bilan yangi ish o\u2018rinlari tashkil etish va&#8217;dasini bergani ko\u2018pchilikning tanqidiga sabab bo\u2018ldi. Tanqidchilarning fikricha, hukumat shu yo\u2018l bilan yuqori malakaga ega bo\u2018lgan kadrlarni Ukrainaning o\u2018zida ushlab qolmoqchi bo\u2018lgan. Hukumatning bu ishini nafaqat mamlakatning o\u2018zida, balki g\u2018arblik hamkorlar ham jiddiy tanqid qilib chiqishdi.<\/p>\n<hr>\n<div>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/R5_Fa1kg3F9-3DvppWGCLVlY_mDhjQQv.jpg\" alt=\"\"><figcaption><em>Internet<\/em><\/figcaption><\/figure>\n<\/div>\n<hr>\n<p>Bugungi kunda Ukraina karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yengillata boshladi, ammo koronavirusning mamlakat iqtisodiyotiga yetkazgan zarari miqdori hozircha ma&#8217;lum emas. Inqirozga uchrash xavfi Ukrainani chetlab o\u2018tdi, ammo rasmiy Kiyev inqiroz xavfini faqat Xalqaro valuta jamg\u2018armasi bilan yangi dastur orqali hamkorlik qilib bartaraf etishga muvaffaq bo\u2018ldi. Ukrainaga kredit ajratish uchun mazkur fond mamlakat hukumatiga qishloq xo\u2018jaligiga mo\u2018ljallangan yerlar savdosiga ruxsat berish hamda banklar to\u2018g\u2018risidagi \u00abantikolomoyskiy qonuni\u00bbni qabul qilish shartlarini qo\u2018ygan edi.<\/p>\n<p>Eng qizig\u2018i, o\u2018tgan yil saylovoldi kampaniyasida bo\u2018lajak prezidentni qo\u2018llab-quvvatlagan oligarx Igor Kolomoyskiy bilan Zelenskiyning o\u2018zaro aloqalari yomonlashgani bo\u2018ldi. Bir yil oldin Zelenskiyning muxoliflari bo\u2018lajak prezidentni \u00abKolomoyskiyning qo\u2018g\u2018irchog\u2018i\u00bb deb atashgan va saylovdan so\u2018ng prezident darhol Poroshenko davrida Kolomoyskiydan davlat foydasiga tortib olingan \u00abPrivatbank\u00bb oligarxga qaytarib berilishini taxmin qilishgandi. Ammo muxoliflarning taxminlari o\u2018zini oqlamadi va ikkisidan birini tanlash lozim bo\u2018lganda Zelenskiy o\u2018zining sobiq televizion biznes hamkori Kolomoyskiyni emas, balki Xalqaro valuta jamg\u2018armasi bilan hamkorlikni tanladi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, may oyi oxirida Ukrainaga yetib kelishi kerak bo\u2018lgan G\u2018arbning yordam pullari ham koronavirus inqirozi paytida rasmiy Kiyevning barcha muammolarini hal qila olmaydi. Turli hisobotlarga ko\u2018ra, bu yil mamlakat YaIM hajmining pasayishi 3,5 foizdan 7,7 foizgacha bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>Jamoa aralashtirildi, Saakashvili qaytdi<\/strong><\/p>\n<p>Kadrlar siyosati yangi davlat rahbarining kamchiliklaridan biri bo\u2018lishi Zelenskiy prezidentlik qasamyodini qabul qilishidan oldin aniq edi. Bir tomondan, kechagi komediya jamoasida siyosiy tajribaga ega bo\u2018lgan odamlar juda kam edi. Boshqa tomondan, Zelenskiy hokimiyat tepasiga kelgach Ukraina siyosatida faoliyat ko\u2018rsatayotgan aksariyat kadrlarni almashtirish to\u2018g\u2018risida va&#8217;da bergan va u har qanaqasiga o\u2018sha va&#8217;dasidan so\u2018ng \u00abeski kadrlar\u00bb xizmatidan foydalana olmas edi. Shuning uchun hokimiyatdagi eng yuqori lavozimlarning bir qismini Zelenskiyning \u00abKvartal 95\u00bb komik studiyasi tarkibida bo\u2018lgan hamkasblari egalladi.<\/p>\n<p>Yangi prezident tuzgan jamoaning boshqa a&#8217;zolari tarkibi ham ancha rang-barang ko\u2018rinish oldi. Jamoa safida turli OAV vakillari, siyosiy va iqtisodiy qarashlarni qo\u2018llab-quvvatlovchi, ishbilarmon guruhlarga yaqin hamda turli darajadagi vakolatlarga ega bo\u2018lgan shaxslardan tashkil topgan edi.<\/p>\n<hr>\n<div>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/d5BR9a-nF0W4oQW9y1vlQAgVfpggWuX0.jpg\" alt=\"\"><figcaption><em>Volodymyr Zelensky\/Facebook<\/em><\/figcaption><\/figure>\n<\/div>\n<hr>\n<p>Natijada, Zelenskiy hokimiyat tepasida bo\u2018lgan bir yil davomida u o\u2018z administratsiyasi rahbari, Bosh prokuror, Xavfsizlik Kengashi kotibi, Bosh vazir va aksariyat hukumat a&#8217;zolarini almashtirishga ulgurdi.<\/p>\n<p>Joriy yilning boshidan buyon Ukrainada Sog\u2018liqni saqlash vazirligining uch rahbari almashtirildi va atigi bir oy ishlagan Ilya Yemetsning o\u2018rniga hozirgi vazir Maksim Stepanov aynan koronavirus epidemiyasi avjiga chiqqan paytda vazir etib tayinlandi.<\/p>\n<p>Zelenskiyning yana bir tushunarsiz qarori \u2013 Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining Ukraina hukumatiga qaytarilishi bo\u2018ldi. Zelenskiy uni islohotlar vazirining o\u2018rinbosari etib tayinladi. Davlat rahbarining bu ishi hatto o\u2018z hammaslaklari tomonidan qo\u2018llab-quvvatlanmadi. Parlamentda yetakchi mavqega ega bo\u2018lgan \u00abXalq xizmatchisi\u00bb partiyasi vakillari Saakashvilini bosh vazir o\u2018rinbosari etib tayinlash uchun yetarlicha ovoz berishmadi. Natijada u faqat hali nima vazifalar bajarishi aniq bo\u2018lmagan maslahat organi \u2013 Milliy islohotlar kengashi ijro qo\u2018mitasi rahbari etib tayinlandi, xolos.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Zelenskiyda prezidentligining ikkinchi yilida deyarli har oy vazirlarni o\u2018zgartira olish imkoniyati bo\u2018lmasligi mumkin. Parlamentdagi ko\u2018pchilik mutlaqo barqaror emas va Denis Shmigalning amaldagi hukumatida bir qancha bo\u2018sh o\u2018rinlar saqlanib turibdi: parlamentda yangi vazirlarni tasdiqlash uchun ovoz berilmaydi.<\/p>\n<p><strong>Koronavirus bilan yetarlicha kurashdi, karantin cheklovlarini bekor qilyapti<\/strong><\/p>\n<p>Koronavirus epidemiyasi Ukrainani g\u2018aflatda qoldirdi. Vaziyat keskinlashuvining dastlabki haftalarida mamlakatda aholiga niqoblar, shifokorlar uchun himoya kostyumlari va kasalxonalarda turli jihozlar yetishmayotgani ma&#8217;lum bo\u2018ldi. Aloqa masalasi \u2013 hukumat jamoasi o\u2018zini suvdagi baliq kabi his qilganiga qaramay, muvaffaqiyatsiz tugadi.<\/p>\n<p>Poltava oblastidagi Noviye Sanjari shahri aholisi, o\u2018z-o\u2018zini izolyatsiya qilish uchun Xitoydan kelgan sog\u2018lom odamlar o\u2018tirgan avtobuslarni toshbo\u2018ron qilganini butun dunyo dunyoga tarqab ketdi. Jamiyatdagi noaniq baholar hukumatning PR-menejyerlari tomonidan favqulodda qadam tashlanishiga sabab bo\u2018ldi: epidemiya arafasida, sog\u2018liqni saqlash vaziri Zoryana Skaletskayani Xitoydan evakuatsiya qilingan odamlar bilan birga sanatoriyalarda o\u2018z-o\u2018zini izolyatsiya qilishi uchun yotqizishdi.<\/p>\n<p>Ikkinchi tomondan, rasmiylar tezda o\u2018zlariga kelishdi va Ukrainada kasallik tarqalish darajasi umuman xavfli ko\u2018rinish olmagan vaziyatda qattiq karantin cheklovlarini joriy qilishdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Vladimir Zelenskiyning o\u2018zi ham deyarli har kuni o\u2018z videomurojaatlarida ukrainaliklarga koronavirusga qarshi olib borilayotgan choralar haqida xabar berib turdi. Prezident o\u2018sha kunlarda bir muddat hech qayerga chiqmasdan prezident ma&#8217;muriyati binosida yashadi va soqoli olinmagani bilinib turgan holatda nutq so\u2018zladi.<\/p>\n<p>Tabiiyki, Ukrainada ham koronavirus epidemiyasiga qarshi kurash jarayoni mojarolarsiz kechmadi. Sog\u2018liqni saqlash vazirligi yuqumli kasallikka qarshi kurashish uchun zarur uskunalarni sotib olishni ortga surdi. Xavfli kasallik aniqlangan ilk oyda zarur tibbiy uskuna hamda jihozlarni xarid qilish uchun aksariyat xarajatlar ko\u2018ngillilar va xayriya qiluvchilar hisobidan qilindi.<\/p>\n<p>Shifokorlar uchun maxsus tibbiy kiyimlar xitoylik ishlab chiqaruvchilardan ukrainalik taklif etgan narxga qaraganda ancha yuqori narxda sotib olindi. Buning ustiga ularni Ukrainaga yetkazib berish Xitoydagi qat&#8217;iy karantin tufayli barbod bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ana shunday holatda Zelenskiy va uning atrofidagi shaxslar davlatga mutlaqo aloqasi bo\u2018lmagan qurilish supermarketlari tarmog\u2018i tomonidan tuhfa sifatida yetkazib kelingan tibbiy niqoblar ortilgan samolyotni katta sharaf bilan kutib olishdi.<\/p>\n<hr>\n<div style=\"text-align: center;\">\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/e5MhxpuITCmuDS35xqZaDx1_5JCFCKC0.jpg\" alt=\"\"><em style=\"font-size: inherit;\">Getty Images<\/em><\/figure>\n<\/div>\n<hr>\n<p>Shu bilan birgalikda, koronavirusga qarshi kurashadigan shifokorlarga va&#8217;da qilingan ish haqiga 300 foiz ustama to\u2018lab berish va&#8217;dasi hanuz bajarilmadi.<\/p>\n<p>Qolaversa, karantin sharoitida parlamentdagi prezident fraksiyasi rahbarlaridan biriga tegishli bo\u2018lgan Kiyev markazidagi restoran yashirincha o\u2018z ishini davom ettirayotgani va o\u2018sha restoranning nomi bo\u2018lgan \u00abVelor\u00bb so\u2018zi Ukrainadagi epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning ikkitomonlama standart asosida olib borilayotganini anglatadigan so\u2018zga aylanishi ham salbiy holatlardan biri bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ammo fakt shuki, Ukrainadagi koronavirusga chalinish holatlari soni SSV tomonidan taxminan hisoblangan eng yuqori ko\u2018rsatkichlardan oshmadi. Ammo ko\u2018ngilsiz natija ham bor: soha mutaxassislarining ta&#8217;kidlashicha, Ukrainada koronavirus yuqtirgan har besh bemorning bittasi tibbiyot xodimi. Yaxshi xabar esa may oyi o\u2018rtalaridan boshlab mamlakatda karantin cheklovlari asta-sekin bekor qilinayotgani bo\u2018ldi.<\/p>\n<p><strong>Hozircha reytingi yaxshi<\/strong><\/p>\n<p>Hokimiyat tepasiga kelganidan bir yil o\u2018tib, Vladimir Zelenskiy bugun ham Ukrainada eng mashhur siyosatchi bo\u2018lib qolmoqda. Agar kelasi yakshanba kuni prezident saylovi o\u2018tkaziladigan bo\u2018lsa, u birinchi turning o\u2018zida o\u2018tgan yilda bo\u2018lib o\u2018tgan saylovdagi natijasidan yaxshiroq natija bilan g\u2018alaba qozonishi mumkin.<\/p>\n<p>Ammo rasmiylar uchun vaziyatni juda ham qoniqarli deb bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Birinchidan, o\u2018tgan yilning yozi va kuzida sotsiologlar shu paytgacha misli ko\u2018rilmagan hodisani qayd etishdi: mamlakatda aksariyat ishlar to\u2018g\u2018ri olib borilayotganiga qaramasdan ko\u2018pgina ukrainaliklar mamlakatda ishlar to\u2018g\u2018ri ketayotganiga emas, balki noto\u2018g\u2018ri ketayotganiga ishonishyapti. Faqat joriy yil boshida vaziyat Ukrainada yuritilayotgan siyosatiga mos bo\u2018lgan ko\u2018rinishga qaytdi.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, \u00abXalq xizmatchisi\u00bb &nbsp;partiyasi reytingi asta-sekin pasayib bormoqda va bu oktabr oyida bo\u2018lib o\u2018tadigan mahalliy saylovlar arafasida Ukraina hukumatini xavotirga solmasligi mumkin emas.<\/p>\n<p>Ammo, har qanday holatda prezident Zelenskiyga qoyil qolish kerak: o\u2018tgan bir yil davomida shaxsan u biror-bir korrupsiya mojarosida ayblanmadi. U xorijga chiqishi, masalan, Ummonga qilgan maqsadsiz safari, shuningdek yanvarda jamoatchilikka u haqda hech qanday izoh berilmagan hodisa \u2013 prezident ofisining boshlig\u2018i Andrey Yermakning akasi o\u2018z suhbatdoshlari bilan u yoki bu lavozimga tayinlash narxlarini muhokama qilgan audioyozuvlari bilan bog\u2018liq holatlar Zelenskiyning obro\u2018siga zarracha ta&#8217;sir qilgani yo\u2018q. Qisqa qilib aytganda, garchi siyosatdan mutlaqo yiroq bo\u2018lgan soha \u2013 komik aktyorlikdan chiqib kelgan bo\u2018lsa ham Zelenskiy hozircha Ukrainani yaxshi boshqaryapti. Qolaversa, u aktyorlikdan katta siyosatga o\u2018tib prezident bo\u2018lgan yagona inson emas. O\u2018z vaqtida kimsan AQShni ham aktyorlikdan katta siyosatga o\u2018tib prezidentlikkacha yetib borgan insonlar boshqargan. Ulardan eng so\u2018nggisi AQShni 1981-1989 yilllarda boshqargan Ronald Reygen hisoblanadi. Sobiq ittifoq respublikalarida esa Zelenskiy bu borada hozircha yagona.<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/kun.uz\/uz\/news\/2020\/05\/26\/aktyor-prezident-zelenskiyning-taxtdagi-bir-yili-qanday-otdi\">kun.uz<\/a><\/p>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bir yil oldin Vladimir Zelenskiy prezidentlik qasamyodini qabul qilib, Ukrainani boshqarishga kirishgan edi. O\u2018shanda u misli ko\u2018rilmagan darajada xalqning ishonchini<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":501,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,7],"tags":[20,21],"class_list":["post-233","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-world","category-politics","tag-ukraina","tag-zelenskiy"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"en","enabled_languages":["uz","en","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/233","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=233"}],"version-history":[{"count":11,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/233\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1399,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/233\/revisions\/1399"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/501"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=233"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=233"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=233"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}