{"id":201,"date":"2017-12-26T05:14:25","date_gmt":"2017-12-26T05:14:25","guid":{"rendered":"https:\/\/demo.themegrill.com\/colormag-dark\/?p=201"},"modified":"2020-05-26T15:20:06","modified_gmt":"2020-05-26T10:20:06","slug":"gonkong-partiya-mushtarak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/post\/201\/","title":{"rendered":"Gongkong va partiya mushtarak: Pekin shaharning so\u2018nggi erkinliklarini yanchishga tayyorlanmoqda"},"content":{"rendered":"<p>Xitoyda koronavirus pandemiyasi qariyb bartaraf etilgach, Hongkongda yana norozilik namoyishlari avj olmoqda. Xitoy kommunistik partiyasi shahardagi muxolifatga qarshi to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri repressiya uyushtirilishiga sharoit yaratmoqda, deb yozadi Republic.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yilning yozida va kuzida Hongkongni larzaga keltirgan ko\u2018pmillionlik aksilpekin norozilik namoyishlaridan so\u2018ng Xitoy hukumati siyosiy masalalarda to\u2018liq avtonom bo\u2018lgan shaharga bosimni\u00a0<a href=\"https:\/\/republic.ru\/poss\/96796\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">kuchaytirdi<\/a>.<\/p>\n<p>21 may kuni ochilgan Butunxitoy xalq vakillari yig\u2018ilishi (BXVY) sessiyasida kompartiya rahbariyati Hongkong xavfsizligi to\u2018g\u2018risidagi qonunning yangi loyihasi taqdimotini o\u2018tkazdi.<\/p>\n<p>Tanqidchilarga ko\u2018ra, bu me&#8217;yor \u00abbir mamlakat \u2014 ikki tizim\u00bb modelining intihosi bo\u2018ladi va Xitoyga xuddi materikdagidek repressiv mexanizmlarni Hongkongda ham qo\u2018llash imkonini beradi.<\/p>\n<p>Lekin hongkongliklar osonlikcha taslim bo\u2018lmoqchi emas.<\/p>\n<p><strong>Qonunda nima yozilgan<\/strong><\/p>\n<p>21 may kuni kechqurun Pekinda Xitoy parlamenti \u2014 BXVYning 31-sessiyasi ochildi.<\/p>\n<p>Uning aksariyat vakillari kommunist delegatlar bo\u2018lib, qolganlari \u2014 xayrixoh kasaba uyushmasi vakillari, kichik marionet partiyalardan saylanganlardir.<\/p>\n<p>Birinchi kundanoq BXVY doimiy qo\u2018mitasi raisi o\u2018rinbosari Vang Cheng shahar barqarorligiga raxna solayotgan \u00abHongkong muxtoriyatiga jiddiy milliy xavfsizlik tahdidlari\u00bb mavzusida hisobot bilan\u00a0<a href=\"http:\/\/www.xinhuanet.com\/english\/2020-05\/22\/c_139078396.htm\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">chiqish qildi<\/a>.<\/p>\n<hr \/>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/uHfQQU4ai7JkCS5cjWAlCH3DUnjcsXFm.jpg\" alt=\"\" \/><figcaption>Vang Cheng \/ Foto: news.cn<\/figcaption><\/figure>\n<hr \/>\n<p>1990 yilda Xitoy va o\u2018sha vaqtgacha shaharga egalik qilib kelgan Buyuk Britaniya o\u2018rtasida tuzilgan bitimga asosan qabul qilingan Hongkongning asosiy qonunida muxtoriyat hokimiyati ekstremizm, davlatga xoinlik va ayirmachilik to\u2018g\u2018risidagi qonunlarni mustaqil tartibga sola olishi mumkinligi belgilangan.<\/p>\n<p>London va Pekin o\u2018rtasida tuzilgan shartnomaga ko\u2018ra, bu shartlar 2047 yilgacha \u2014 Hongkong Xitoy tarkibiga oddiy provinsiya sifatida qo\u2018shilishiga qadar amalda bo\u2018lishi lozim.<\/p>\n<p>Biroq, Vang Chengning so\u2018zlariga ko\u2018ra, Hongkong o\u2018z qonunlarini shu vaqtgacha qabul qilmagan va milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan \u00abhimoyasiz\u00bb bo\u2018lib qolgan. Shuning uchun Xitoy \u00abHongkong muxtoriyatini bo\u2018ysundirish mexanizmlari va huquqiy tizimini yaratish va takomillashtirish uchun davlat darajasida kerakli choralarni ko\u2018rishi zarur\u00bb.<\/p>\n<p>Mulozimning fikricha, bunday \u00abyordam\u00bb Hongkong va Makaoning avtonomiyasini ta&#8217;minlovchi \u00abbir mamlakat \u2014 ikki tizim\u00bb prinsipiga ham, shaharning asosiy qonuniga ham aslo zid emas.<\/p>\n<p>Vang Cheng qonun loyihasini izohlab bergan. Uning kirish qismida ham, birinchi moddasida ham \u00abbir mamlakat \u2014 ikki tizim\u00bb prinsipiga sodiqlik hamda Hongkong muxtoriyatining daxlsizligi ta&#8217;kidlab o\u2018tilgan. Biroq qonun loyihasining keyingi moddalari unga tamomila zid.<\/p>\n<p>Masalan, ikkinchi modda \u00abHongkong ishiga xorijiy va tashqi kuchlarning har qanday aralashuvi\u00bbni taqiqlaydi hamda XXRga bunday aralashuvlarga qarshi kurashish vakolatini beradi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchi modda ham o\u2018ta bahsli. Unga ko\u2018ra, materik qismdagi Xitoy hukumati Hongkong hukumatining \u00abmilliy xavfsizlik tizimini tuzish\u00bb borasidagi sa&#8217;y-harakatlarini nazorat ostiga oladi, shuningdek, to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri \u00abHongkongda zarur majburiyatlarni bajaruvchi agentliklarni ham tashkil etadi\u00bb.<\/p>\n<p><strong>Qonun nega kerak bo\u2018ldi?<\/strong><\/p>\n<p>Bu qonun qabul qilinishining bosh sababi \u2013 Hongkongda bir yildan ziyod vaqt mobaynida yuz berayotgan keng miqyosli norozilik namoyishlaridir.<\/p>\n<p>Namoyishlar 2019 yilning bahorida \u2014 Pekinga bo\u2018ysunuvchi Hongkong hukumati jinoyatchilarni Xitoy va Tayvanga ekstraditsiya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunni parlamentga kiritganidan so\u2018ng boshlangan.<\/p>\n<p>Pekinga qarshi kayfiyatdagi hongkongliklarning fikricha, bu me&#8217;yor Xitoy hukumatiga demokratik siyosatchilar va faollarni bemalol qatag\u2018on qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Ularning tashvishi asosli edi \u2014 materikdagi Xitoy Hongkong muxolifatini bir necha marta ezishga harakat qilgan. Masalan, 2016 yilda XXRni tanqid ostiga oluvchi adabiyotlar sotuvchi kitob do\u2018koni egasi yo\u2018qolib qolgan. U bir necha oydan so\u2018ng paydo bo\u2018lib, XXR hududidagi maxfiy qamoqxonada saqlangani, u yerda Xitoy maxfiy xizmati uni qat&#8217;iy tergov qilgani, nihoyat do\u2018kon xaridorlari ismlari evaziga uni qo\u2018yib yuborishganini aytib bergan.<\/p>\n<p>Namoyishlar 2019 yilning martida boshlanib, koronavirusga qarshi joriy etilgan karantinga qadar davom etdi. Dastlabki aksiyalar bir necha yuz kishini to\u2018plagan bo\u2018lsa, yozning oxirlarida ko\u2018chaga\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bbc.com\/news\/world-asia-china-48656471\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">2 million kishi<\/a>\u00a0\u2014 avtonom-shahar aholisining uchdan bir qismi chiqdi.<\/p>\n<p>Pekin tomonidan tayinlangan deb qaraladigan Hongkong ma&#8217;muriyati rahbari Kerri Lim imkon qadar qarshilik ko\u2018rsatdi, politsiya o\u2018qotar qurol ishlatishdan bo\u2018lak ko\u2018cha namoyishlarini bostirishning barcha usullaridan foydalanib ko\u2018rdi. Kuchishlatar tizimlardan tashqari namoyishchilarga triada \u2014 XXR bilan so\u2018nggi o\u2018n yillikda hamkorlik qilib kelayotgan xitoylik\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bbc.com\/news\/world-asia-china-49071502\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">xalqaro mafioz tizimi<\/a>\u00a0vakillari ham hujum qilib ko\u2018rdi.<\/p>\n<p>Oktabr oyida namoyishchilar o\u2018z niyatlariga yetishdi: ekstraditsiya to\u2018g\u2018risidagi qonun Hongkong parlamentidan chaqirib olindi. Biroq, namoyishlar bu bilan tugamadi \u2014 endi demokratik muxolifat Hongkongda yalpi va to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri saylov joriy etishni o\u2018z maqsadi sifatida belgilab oldi.<\/p>\n<p>Ayni paytda muxtoriyatda deputatlarni saylashning korporativistik tizimi amalda bo\u2018lib, mandatlarning katta qismini Pekin bilan affillangan yirik biznes vakillari egallashgan. Ma&#8217;muriyat rahbarini maxsus komissiya tayinlaydi, komissiyani esa 6 foiz fuqarolar saylaydi, undagi aksariyat kursilarga kompartiya va u bilan bog\u2018liq tashkilotlar vakillari o\u2018tirishadi.<\/p>\n<p>Hongkong muxolifatining chinakam zafari 24 noyabr kuni bo\u2018lib o\u2018tgan\u00a0<a href=\"https:\/\/republic.ru\/poss\/95314\">munitsipal saylovlar<\/a>\u00a0bo\u2018ldi \u2014 \u00abPan-demokratik koalitsiya\u00bb a&#8217;zolari 85 foiz mandatlarni egallab, shaharning 18ta munitsipalitetidan 17tasida ko\u2018pchilik ovozlarni to\u2018plashdi (avvalgi saylovlarda Pekinga xayrixoh partiyalar shunday ko\u2018rsatkich qayd etishgan edi).<\/p>\n<p>Hongkongdagi munitsipal kengashlar hech qanday hokimiyatga ega emas, shunchaki ijroiya hokimiyatiga maslahat berib turadi. Biroq aynan ular o\u2018z tarkibidan muxtoriyatning qonunchilik kengashining jami 70 deputatidan 35 nafarini saylab berishadi. Kengashning keyingi tarkibi 2020 yil sentyabrida shakllantiriladi \u2014 agar muxolifat deputatlarning ikkinchi yarmini saylovchi \u00abfunksional guruhlar\u00bbning aqalli bir nechasini o\u2018z tomoniga og\u2018dira olsa, aksilpekin kuchlari muxtoriyat tarixida ilk bor mutlaq ko\u2018pchilik mandatga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Pandemiya sharoitida Hongkong hukumati rahbari Kerri Lam ma&#8217;muriyati muxolifatga bosimni kuchaytirdi \u2014 2019 yilgi namoyishlarda boshchilik qilgan 15 nafar eng mashhur demokratik yetakchilar avvaldan kelishilmagan mitinglar uyushtirishgani uchun hibsga olindi.<\/p>\n<p>Hongkong va Makaoni tadqiq etish Xitoy assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Lau Siu-kay o\u2018shanda ushbu kechikkan qatag\u2018on chorasi XKP MQ 4-plenumida ishlab chiqilgan Pekinning Hongkongga nisbatan siyosatini qat&#8217;iylashtirish bo\u2018yicha faqat birinchi bosqich bo\u2018lishini\u00a0<a href=\"https:\/\/www.nytimes.com\/2020\/04\/18\/world\/asia\/hong-kong-arress.html\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">aytgan edi<\/a>.<\/p>\n<p>\u00abPlenumdan so\u2018ng Pekindagilar Hongkongdagi boshboshdoqlikka bittada va toabad nuqta qo\u2018yish qat&#8217;iyati bilan to\u2018lib toshishdi\u00bb, \u2014 degan edi Lau.<\/p>\n<p>Muxolifatchilar hibsga olingach, Pekinning Hongkongdagi vakillari muxtoriyatning milliy xavfsizlik tizimida \u00absezilarli kamchiliklar\u00bb haqida gapira boshlashdi.<\/p>\n<p><strong>Parlamentdagi mushtlashuv va tarix talqini<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018nggi oylarda Hongkong rahbariyati demokratik erkinliklarga yanada faolroq raxna solmoqda. 18 may kuni parlamentda mushtlashuv ro\u2018y berdi \u2014 Pekinga xayrixoh deputatlar muxolifatdagi hamkasblarini parlament soqchilari yordamida zaldan\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bbc.com\/news\/world-asia-china-52702076\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">quvib chiqarishdi<\/a>\u00a0va qonunchilik bo\u2018yicha qo\u2018mita rahbari uchun ovoz berish jarayonini ularsiz o\u2018tkazishdi.<\/p>\n<hr \/>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/mYb2c3ph9yOeCdKD2Xuz_uEht05wIqhz.jpg\" alt=\"\" \/><figcaption>Foto: EPA<\/figcaption><\/figure>\n<hr \/>\n<p>May oyi o\u2018rtalarida Hongkong ta&#8217;lim byurosi bitiruv imtihonlari uchun tarix fanidan tayyorlangan savollar orasidan 1900\u20131945 yillarda Yaponiyaning Xitoy taraqqiyotidagi roli haqidagi savolni olib tashlashni talab qilib, bu savol \u00abXitoy xalqining or-nomusini haqorat qilishi mumkin\u00bbligini\u00a0<a href=\"https:\/\/www.info.gov.hk\/gia\/general\/202005\/14\/P2020051400838.htm\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">ta&#8217;kidlagan<\/a>.<\/p>\n<p>Hongkonglik siyosiy sharhlovchi Lyuis Lau Yu-manning fikricha, tarixning bunday talqin qilinishi materikdagi Xitoy mafkurasi singdirilgan o\u2018quv dasturlariga mos. Unda Yaponiya xitoy millatining tsivilizatsion dushmani sifatida ko\u2018riladi. Hongkong tarixi fani esa nafaqat yapon okkupatsiyasining zararli tomonlari, balki xitoy madaniyatini boyitishga xizmat qilgan ikki xalq o\u2018rtasidagi aloqalarni ham o\u2018rganishga odatlangan.<\/p>\n<p>19 may kuni Hongkong jamoatchilik televideniyesi shahar ma&#8217;muriyati talabiga ko\u2018ra politsiyachilar ustidan hajv qilingani uchun \u00abHeadliner\u00bb satirik shousini\u00a0<a href=\"https:\/\/hongkongfp.com\/2020\/05\/19\/hong-kong-public-broadcaster-axes-satirical-show-hours-after-govt-demands-apology-for-insulting-police\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">efirdan olgan<\/a>.<\/p>\n<p>Shaharda ayni damda COVID-19ga chalingan 35 nafar kasal bo\u2018lishiga qaramasdan, jamoat salomatligini himoya qilish vaji bilan hukumat so\u2018nggi 30 yil ichida ilk bora 4 iyun kuni o\u2018tkaziladigan, 1989 yili Pekindagi Tyananmen maydonidagi qon to\u2018kilishiga bag\u2018ishlangan xotira aksiyasini bekor qilgan.<\/p>\n<p>\u00abXitoy kommunistik partiyasi sabrsizlik bilan olg\u2018a intilmoqda. U nafaqat Hongkongni nazorat qilmoqchi, balki hongkongliklarning ongi va jonini qayta ishlashni istaydi\u00bb, \u2014 deydi Lau Yu-man.<\/p>\n<p><strong>Endi nima bo\u2018ladi?<\/strong><\/p>\n<p>Qonun loyihasi BXVY tomonidan tasdiqlangach, u Hongkong asosiy qonunining III ilovasiga qo\u2018shiladi \u2014 u yerda qit&#8217;ada joylashgan Xitoy va muxtoriyatda birdek amal qiluvchi qonunlar jamlanmasi keltirilgan. Hozir bu ro\u2018yxatda gerb, milliy bayramlar, fuqarolik va ichki dengizlar to\u2018g\u2018risidagi beg\u2018araz me&#8217;yorlar mavjud.<\/p>\n<p>Texnik tomondan olib qaralganda, qonun BXVY tomonidan ma&#8217;qullangach kuchga kiradi, biroq Pekin uni Hongkong qonunchilik kengashi tasdig\u2018idan o\u2018tkazishga ham urinib ko\u2018radi.<\/p>\n<p>Ekspertlarning fikricha, qonun Hongkongda qatag\u2018on va senzura kuchayishiga olib keladi.<\/p>\n<p>\u00abBu berilgan va&#8217;dani chidab bo\u2018lmas darajada buzishdir.\u00a0<em>(Bu va&#8217;dani Pekin 1997 yilda \u2014 Hongkongni Buyuk Britaniyadan keng avtonomiya huquqida qabul qilib olganda bergan. \u2014 Republic).<\/em>\u00a0Ular qonunchilik jarayonini to\u2018liq buzmoqda va buzuq tartibni taklif qilmoqda\u00bb, \u2014 deydi Hongkong Asosiy qonuni mualliflaridan biri va muxolifatdagi Demokratik partiya yetakchisi\u00a0<a href=\"https:\/\/www.theguardian.com\/world\/2020\/may\/21\/china-proposes-controversial-national-security-law-for-hong-kong\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">Martin Li<\/a>.<\/p>\n<p>\u00abXitoyda \u00abmilliy xavfsizlik\u00bb tushunchasi va u bilan bog\u2018liq \u00abterrorizmga qarshi kurash\u00bb kabi terminlar inson huquqlarini turli-tuman buzilishi, jumladan, dissidentlar, aktivistlar va huquq himoyachilarini o\u2018zboshimchalik bilan hibsga olish va qamoqxonalarga tiqish kabi xatti-harakatlarni oqlash uchun foydalanilayotgani kishini tashkishga solmasdan qolmaydi\u00bb, \u2014 deydi hongkonglik advokat\u00a0<a href=\"https:\/\/www.theguardian.com\/world\/2020\/may\/21\/china-proposes-controversial-national-security-law-for-hong-kong\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">Uilson Leung.<\/a><\/p>\n<p>Pekinning tashabbusini Donald Tramp ham\u00a0<a href=\"https:\/\/www.reuters.com\/article\/us-usa-china-hong-kong\/us-to-react-strongly-if-china-makes-move-on-hong-kong-trump-idUSKBN22X28Y\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">qoralab chiqdi<\/a>\u00a0va agar qonun qabul qilingudek bo\u2018lsa, AQSh \u00abqat&#8217;iy munosabat bildirishi\u00bbni va&#8217;da qildi.<\/p>\n<p>Kongressning har ikki partiyasidagi qonunshunoslar Xitoyga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish imkoniyatlari haqida gapirishmoqda.<\/p>\n<p>Davlat kotibi Mayk Pompeo Pekinning tashabbusini \u00abfalokatli\u00bb deb\u00a0<a href=\"https:\/\/twitter.com\/SecPompeo\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">atadi<\/a>\u00a0va Kongressning tahliliy xizmatlari ushbu qonunning qabul qilinishi Hongkong demokratik erkinliklari uchun qanday oqibatlar keltirib chiqarishi haqida hisobot chop etishini va&#8217;da qildi. Agar vaziyat salbiy deb baholansa, AQSh avtonom shaharga taqdim etgan barcha savdo imtiyozlarini bekor qiladi.<\/p>\n<p>Ya&#8217;ni \u00abBir mamlakat \u2014 ikki tizim\u00bb yo\u2018q qilinadigan bo\u2018lsa, Xitoyning barcha hududlari butun bir mamlakat sifatida qabul qilinadi.<\/p>\n<p>Biroq Hongkong muxtoriyatining bosh kafolati \u2014 Buyuk Britaniya jim.<\/p>\n<p>Britaniya TIV rahbari Dominik Raab \u00abvaziyatni sinchkovlik bilan kuzatayotgani\u00bb hamda \u00abXitoydan \u00abbir mamlakat \u2014 ikki tizim\u00bb prinsipini hurmat qilishni kutib qolishi\u00bb haqidagi bayonotlar bilan\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bbc.com\/news\/world-asia-china-52762291\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">cheklandi<\/a>.<\/p>\n<p>Hongkongning so\u2018nggi britaniyalik gubernatori Kris Patten Britaniyani qat&#8217;iyroq munosabatda bo\u2018lishga\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bbc.com\/news\/world-asia-china-52762291\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">chorladi<\/a>: \u00abBiz Xitoyga bu ish juda yomon ekanini anglatib qo\u2018yishimiz kerak\u00bb.<\/p>\n<p>Hongkongliklarning o\u2018zlari esa yangi namoyishlar to\u2018lqiniga tayyorlanishmoqda. O\u2018tgan yilgi mitinglarda asosiy rolni o\u2018ynagan quyi harakat \u2014 Inson huquqlari to\u2018g\u2018risidagi fuqarolik fronti yaqin kunlarda shahar ko\u2018chalariga 2 million kishini olib chiqishni allaqachon\u00a0<a href=\"https:\/\/www.nytimes.com\/2020\/05\/22\/world\/asia\/hong-kong-china-protest.html\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">va&#8217;da qilgan.<\/a><\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/kun.uz\/uz\/news\/2020\/05\/24\/hongkong-va-partiya-mushtarak-pekin-shaharning-songgi-erkinliklarini-yanchishga-tayyorlanmoqda\">kun.uz<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xitoyda koronavirus pandemiyasi qariyb bartaraf etilgach, Hongkongda yana norozilik namoyishlari avj olmoqda. Xitoy kommunistik partiyasi shahardagi muxolifatga qarshi to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":521,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,7],"tags":[28,26],"class_list":["post-201","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-world","category-politics","tag-gonkong","tag-xitoy"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"en","enabled_languages":["uz","en","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/201","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=201"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/201\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":523,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/201\/revisions\/523"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/521"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=201"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=201"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=201"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}