{"id":161,"date":"2017-12-25T10:26:38","date_gmt":"2017-12-25T10:26:38","guid":{"rendered":"https:\/\/demo.themegrill.com\/colormag-dark\/?p=161"},"modified":"2020-12-16T12:12:52","modified_gmt":"2020-12-16T07:12:52","slug":"orzu-va-royo-orasidagi-loyiha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/post\/161\/","title":{"rendered":"Ilon Mask qanday qilib dunyoni sifatli internet bilan ta&#8217;minlamoqchi?"},"content":{"rendered":"<p>Yaqinda dunyo aholisi osmonda tizilgan yulduzlar qatoriga yana guvoh bo\u2018ldi. Bu g\u2018aroyib hodisa O\u2018zbekiston osmonida ham ko\u2018rindi. Ha, Ilon Mask osmonga olib chiqqan sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlar Yerga juda yaqin joylashgani uchun ularning \u00absayrga chiqqani\u00bb butun dunyoda ko\u2018rinmoqda. Xo\u2018sh, bu qator bo\u2018lib yuradigan \u00abyulduzlar\u00bbni zamonamizning yetuk injyeneri nega koinotga olib chiqdi?<\/p>\n<p><strong>Starlink loyihasi. Mask 12 mingta sun&#8217;iy yo\u2018ldosh bilan Yerni \u00abo\u2018rab olmoqchi\u00bb<\/strong><\/p>\n<p>Har zamonda tizilib yurganini osmonda ko\u2018rayotganingiz &#8211; &nbsp;Ilon Maskning Starlink dasturini amalga oshirish uchun olib chiqilgan sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlardir. Ularni Falcon 9 raketa-tashuvchisi 7 marta muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirib, turli balandlikda joylashtirib chiqdi.<\/p>\n<p>Dengiz sathidan 212-550 km balandlikda joylashgan Starlink sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlari odatdagi sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlardan ancha past joylashgani sabab ularni tez-tez ko\u2018rish mumkin. Qizig\u2018i, ular 386 km balandlikkacha raketada olib chiqiladi va 550 km balandlikka sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlar mustaqil tarzda chiqadi. Qanday deysizmi? Ularga o\u2018rnatilgan quyosh batareyalari yordamida. Har bir sun&#8217;iy yo\u2018ldoshning og\u2018irligi 260 kg atrofida.<\/p>\n<p>Starlink loyihasi doirasida orbitaga 12 mingdan 30 mingtagacha sun&#8217;iy yo\u2018ldosh olib chiqish mo\u2018ljallangan. Ular uch qavat bo\u2018lib Yerni o\u2018rab oladi va shu tariqa butun dunyoga sifatli internet yetkazib berishni ta&#8217;minlaydigan provayder uchun \u00absun&#8217;iy yo\u2018ldoshlar armiyasi\u00bb paydo bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bir kompaniya orbitaga 12-30 ming dona sun&#8217;iy yo\u2018ldosh olib chiqishni reja qilgani va allaqachon ularning 420 donasini joylashtirib bo\u2018lgani qanchalik jiddiy ko\u2018rsatkich ekani haqida ikki og\u2018iz. Union of Concerned Scientiss xalqaro ilmiy-tekshirish tashkiloti ma&#8217;lumotlariga ko\u2018ra, hozirda orbitada turli davlatlar va internet provayderlarga tegishli 2 mingta atrofida sun&#8217;iy yo\u2018ldosh bor.<\/p>\n<p>Ya&#8217;ni, Ilon Mask Starlink loyihasini amalga oshirish uchun orbitaga hozirda mavjud bo\u2018lgan sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlar sonidan kamida 6 baravar ko\u2018proq Starlink sun&#8217;iy yo\u2018ldoshini olib chiqishni maqsad qilgan. Hozirgacha olib chiqilgan 420ta sun&#8217;iy yo\u2018ldosh ham osmondagilarning 20 foizi degani.<\/p>\n<p>2019 yil 31 mart holatiga ko\u2018ra, orbitada 2&nbsp;062ta sun&#8217;iy yo\u2018ldosh aniqlangan. Ulardan 901tasi AQShga, 299tasi Xitoyga, 153tasi Rossiyaga, yana 709tasi esa qolgan barcha davlatlarga tegishli. Ko\u2018rib turganingizdek, hozir Ilon Maskning o\u2018zida butun boshli Rossiya va Xitoynikidan ko\u2018proq sun&#8217;iy yo\u2018ldosh bor. 2018 yil 22 fevraldan boshlangan Starlink sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlarini olib chiqish ishlari 7 mayda davom ettiriladi. Bu gal ham doimgidek 60ta Starlink orbitaga olib chiqiladi.<\/p>\n<hr>\n<div>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/4mOThf5s44fgTy9k86aVaux9TDNDJqeS.jpg\" alt=\"\"><figcaption><em>EPA<\/em><\/figcaption><\/figure>\n<\/div>\n<hr>\n<p><strong>Starlink mavjud internet xizmatlarini sindira oladimi?<\/strong><\/p>\n<p>Starlink qanday loyiha degan savolni ko\u2018pchilik berayotgani aniq. Bu Yer yuzining barcha nuqtasiga sifatli internet yetkazib berish bo\u2018yicha katta loyiha. Uning dastlabki qiymati 10-12 milliard dollarga baholangan. Ba&#8217;zi manbalarda esa loyihaning 40 milliard dollarga teng ekani aytilgan.<\/p>\n<p>Hozir dunyoda ikki xil internetdan keng foydalaniladi: kabelli va mobil internet. Kabelli internet asosan shaharlarda ishlaydi. Mobil internet qamrovi esa biroz kengroq, ammo u ham shahardan uzoq joylarda ko\u2018ngildagidek ishlamaydi. Siz qishloqlarda yashasangiz va internet tezligi yomon bo\u2018lsa, ajablanmang, bu muammo dunyoning hamma yerida topiladi.<\/p>\n<p>Starlink dunyoning yarmi shaharlardan tashqarida yashashini inobatga olib, sayyoraga teng taqsimlanadigan sifatli internet provayder yaratishni maqsad qilgan. Provayderlar osmonda bo\u2018lgani uchun siz tog\u2018da ham, olis qishloqlarda ham, dengizda ham \u2013 xullas Starlink sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlari ko\u2018rinadigan har qanday yerda sifatli internetdan foydalanishingiz mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Ammo Starlink taklif etayotgan internet mobil va kabelli internetni sindirishi qiyin bo\u2018ladi. Chunki uning narxi arzon bo\u2018lmaydi. Har biri falon million dollarga tushadigan sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlarning minglab nusxasini osmonga joylashtirish, ularni uchirish uchun xarajatlar, bu uchun jalb qilingan investorlarning ulushi \u2013 hammasi Starlink provayderi taklif etayotgan ultrazamonaviy internet narxiga qo\u2018shiladi.<\/p>\n<p>Starlink internetini to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri telefon orqali qabul qila olmaysiz. Bu uchun o\u2018ziga xos terminallarni sotib olishingiz kerak bo\u2018ladi. Bunday uskunalar 100-300 dollar atrofida turishi taxmin qilindi. Starlink interneti uchun bir oylik o\u2018rtacha to\u2018lov esa 50 dollar bo\u2018lishi aytilgan. Masalan, O\u2018zbekiston sharoiti uchun bu juda qimmat. Avval terminal sotib ol, u orqali internetni tarqat va keyin gadjetlar yordamida ularni tut&#8230; Xullas, juda murakkab jarayon. Odamlarni bunday ko\u2018p bosqichli internetga o\u2018rgatish qiyin bo\u2018ladi. Ayniqsa shaharlarda shundog\u2018am nolib bo\u2018lmaydigan darajada internet ishlayotgan bir vaqtda.<\/p>\n<p>Ammo bu internet kemalar, yaxtalar, samolyotlar uchun qulay bo\u2018lishi mumkin. Bilasiz, samolyotlar va kemalar aynan kosmik internetdan foydalanib harakatlanadi. Bunday internet provayderlar allaqachon mavjud va Starlink`ning dastlabki raqobatchilari sifatida aynan ularni keltirish mumkin. Odamlarning uyigacha kirib borish uchun esa Mask raketalarni uchirishdan tashqari yana ko\u2018p mehnat qilishi kerak.<\/p>\n<p><strong>Bu bo\u2018ladigan ishmi?<\/strong><\/p>\n<hr>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/1B1tYUEB1nb6sA3FzU6WuSx6UhycSaWY.jpg\" alt=\"\"><figcaption><em>AP Photo\/Jae C. Hong<\/em><\/figcaption><\/figure>\n<hr>\n<p>Starlink loyihasi haqida 2015 yilda e&#8217;lon qilingandi. O\u2018shanda bu aql bovar qilmas loyiha ekani aytilgan, vaqt o\u2018tgan sari unga ishonmay boshlashdi. Ammo 2018 yil ilk parvoz amalga oshirilib, sinov muvaffaqiyatli chiqqach, barchaning ko\u2018z o\u2018ngida o\u2018sha aql bovar qilmas loyiha amalga osha boshladi.<\/p>\n<p>Starlink taqdiriga shubha bilan qaraganlar Ilon Maskning oldin ham bir nechta loyihasi orzuligicha qolib ketganini eslatishadi. Masalan, katta shaharlarda mashinalar harakatlanishi uchun maxsus tunnellar loyihasi. U ko\u2018pchilikning e&#8217;tiborini tortganiga qaramay, loyihaligicha qolib ketdi. Yoki bo\u2018lmasa hamon orzuligicha qolayotgan Marsga uchish rejasi. Shu bois, Starlink\u2019ni ham xuddi oldingi amalga oshmagan rejalar kabi piar uchun qilinayotgan ish deb hisoblay boshlashdi.<\/p>\n<p><strong>Dunyoda internet foydalanuvchilari qancha?<\/strong><\/p>\n<p>Dunyoning eng katta boylari bejiz internet bozoriga o\u2018zini urmayapti. Ular zamonaviy dunyoda eng katta pul aynan shu sohada aylanishini tushunib yetishgan. Dunyoning eng mashhur boylari ham bevosita internet biznesi bilan bog\u2018liq ekani ham bejiz emas. Bill Geyts, Mark Tsukerberg, Jyeff Bezos, Jek Ma kabi mashhur milliarderlar nomi bevosita internet bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Pul qayerda ko\u2018p bo\u2018ladi? Talab katta bo\u2018lgan yerda. Internet esa talab hech qachon pasaymaydigan ishonchli sohaga aylandi. Internetsiz dunyo kamida hozirgidek bo\u2018lmaydi. Injyenerdan chiqqan, \u00abTesla\u00bb avtokarlarini sotib milliarderga aylangan Ilon Mask ham shu sabab internet biznesiga kirishga qaror qildi. Mayda-chuyda qilmadi-da, birato\u2018la butun dunyoni sifatli internet bilan ta&#8217;minlashni va&#8217;da qildi-qo\u2018ydi.<\/p>\n<p>Bugun dunyoda 4,39 milliard internet foydalanuvchisi ro\u2018yxatga olingan. Bu juda katta auditoriya ekanini tasavvur qilish qiyin emas. Bu katta bozorga kirganlar esa o\u2018z salohiyati darajasida faoliyat olib borsa, kasod bo\u2018lmaydi. Masalan, O\u2018zbekistonda 15 milliondan ko\u2018proq odam internetdan foydalanadi.<\/p>\n<p><strong>Loyiha qanchalik ishonchli?<\/strong><\/p>\n<p>Biz foydalanayotgan internet texnologiyalari Yerda joylashgan va tabiiyki ularda nosozlik paydo bo\u2018lsa, tuzatib turadigan doimiy xodimlar ishlaydi. Agar Starlink\u2019da nosozlik paydo bo\u2018lsachi? Kimdir orbitaga chiqib tuzatib tushadimi yoki koinotda doimiy usta uchib yuradimi? Sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlar 10-12 yilda ishdan chiqishini inobatga olsak, ularni almashtirish ham milliardlab dollar xarajat talab qiladi.<\/p>\n<p><strong>Kosmik chiqindi ko\u2018paymaydimi?<\/strong><\/p>\n<p>Har bir odam qachondir nimadadir ayblangan. Hech bo\u2018lmasa yoshligida shirinlikni ko\u2018proq yeb qo\u2018yganlikda. Mansabdor odam esa kattaroq narsalarda ayblanishi mumkin. Masalan, vakolatini suiiste&#8217;mol qilishda. Ilon Maskni esa naq Ozon qatlamining yemirilishida ayblashgandi. Katta odamlarga qo\u2018yiladigan ayblovlar ham katta bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Unga yana bir samoviy aybni qo\u2018yishmoqda: kosmosni ifloslantirishda. Starlink kosmosga bu qadar ko\u2018p sun&#8217;iy yo\u2018ldosh chiqargandan keyin ulardan ajraladigan chiqindi ham ko\u2018p bo\u2018ladi. Ammo Starlink vakillari sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlar orbitaga chiqindi chiqarmasligiga ishontirishmoqda. Emishki, ular muddati tugagach, quyosh nurida eritib yuboriladi.<\/p>\n<p><strong>Maxsus xizmatlar ma&#8217;lumotlardan foydalanishi mumkinmi?<\/strong><\/p>\n<p>2018 yil dekabrda AQSh harbiy-havo kuchlari hamda Space X o\u2018rtasida kelishuv imzolangan. Qiymati 28 million dollar deb baholangan bu kelishuvga ko\u2018ra, tomonlar Starlink sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilishadi. Tabiiyki tafsilotlar aniq emas. Ilon Maskning sun&#8217;iy yo\u2018ldoshlari AQSh maxsus xizmatlari manfaatlari uchun ishlashi haqida gaplar tarqaldi.<\/p>\n<p>Ya&#8217;ni, AQSh maxsus xizmatlari Starlink internetidan foydalanuvchilarning ma&#8217;lumotlarini \u00abko\u2018zdan kechirish\u00bb imkoniga ega bo\u2018ladi. Biroq bu gapga ham ishonish qiyin. Chunki MRBning mashhur agenti Eduard Snoudenning so\u2018zlariga ishonadigan bo\u2018lsak, Hollivud filmlarida dunyoni qutqaradigan AQSh maxsus kuchlarida hozirgi global tarmoq nazoratida ham o\u2018zlarini \u00absuvdagi baliqdek\u00bb his qilishadi.<\/p>\n<p>Ilon Mask nega bu ishga qo\u2018l urayotganini yagona sabab bilan izohlash mumkin: pul! Bu loyiha zamonamizning yetuk fizigiga yiliga 35-40 milliard dollargacha foyda keltirishi mumkinligi aytilmoqda. Boshlanishiga xarajatlarga chidasa, yiliga 40 milliard dollar \u00abqorinni og\u2018ritmaydi\u00bb, to\u2018g\u2018rimi?<\/p>\n<p><strong>O\u2018tkir Jalolxonov<\/strong><\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/kun.uz\/uz\/news\/2020\/04\/30\/orzu-va-royo-orasidagi-loyiha-ilon-mask-qanday-qilib-dunyoni-sifatli-internet-bilan-taminlamoqchi\">kun.uz<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yaqinda dunyo aholisi osmonda tizilgan yulduzlar qatoriga yana guvoh bo\u2018ldi. Bu g\u2018aroyib hodisa O\u2018zbekiston osmonida ham ko\u2018rindi. Ha, Ilon Mask<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":582,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,9],"tags":[],"class_list":["post-161","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-world","category-technology"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"en","enabled_languages":["uz","en","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/161","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=161"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/161\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1407,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/161\/revisions\/1407"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/582"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=161"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=161"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/buxorotv.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=161"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}